Sifatli surat tushirishda iPhone 12 bilan bellasha oladigan smartfon topildi

  •   DiMaX
  •  1006
  •  31.07.2021 17:41

Sifatli surat tushirishda iPhone 12 bilan bellasha oladigan smartfon topildi

Asus kompaniyasi shu yil may oyida Zenfone 8 hamda Zenfone 8 Flip rusumli namoyish etgan edi. DxOMark laboratoriyasi ekspertlari bulardan birinchisini flagmanini sinovdan o‘tkazishdi, deb yozadi xabar.uz nashri.

O‘QING: Asus Zenfone 8'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Bu smartfon chiqqanidayoq «temir» qismlari va ixchamligi bilan e’tiborga tushgandi.  Endi sinab bilishdiki, «zenfon» fotosuratlar olish bobida ham chakki emas. Uncha-munchasidan zo‘r, hatto iPhone 12 bilan bahslasha oladi.

Mutaxassislar  Asus Zenfone 8 ning fotosuratlar olish imkoniyatini 120 ball bilan baholashdi, bu iPhone 12 (122 ball) bilan qariyb baravar, Google Pixel 5 (120 ball) bilan teppa-teng va qiziqroq.

Asus Zenfone 8 smartfonida asosiy qo‘shkamera o‘rnatilgan. Bosh modul — Sony IMX 686 (64 megapiksel). Uni keng burchakli optikaga ega 12 megapikselli Sony IMX 363 to‘ldiradi.

Kameraning ijobiy jihatlari sifatida yaxshi balans, ranglar uzatilishi va oq rang balansi sanalgan. Biroq aksariyat suratlarda ekspozitsiya barqaror emasligi, yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitlarda avtofokusning imillab ishlashi kabi minuslar ham yo‘q emas.

Asus Zenfone 8 va boshqa smartfonlarning suratga olish imkoniyatlari ushbu havolada batafsil solishtirilgan.

O‘QING: 2013 va 2021 yilgi kamerafonlar jangi: qaysi biri kuchliroq?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.