Simsiz quloqchinlar bozori statistikasi

Simsiz quloqchinlar bozori statistikasi

2021 yilda simsiz quloqchinlarning global bozori sotuvi o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga o‘sib, 299,6 million donani tashkil etdi, deya xabar bermoqda Counterpoint tadqiqotchilari o‘zlarining yana bir infografikalari bilan.

Unga ko‘ra, bozor lideri bo‘lgan Apple'ning ulushi o‘tgan yilgiga nisbatan kamayib, deyarli 26% ga tushib qolgan. Ikkinchi o‘rinda 9% bozor ulushi bilan Xiaomi brendi turibdi. Uchinchi o‘rinda esa, Samsung kompaniyasi bozorning 7% ulushini bilan egallagan. Uning yangi model simsiz quloqchinlari ommani o‘ziga jalb qilib, kompaniya sotuvlarini o‘tgan yilgiga qaraganda 33% ga o‘stirgan. Shuningdek, rasmdan keyingi o‘rinlarda UBL (4%), Skullcandy (4%), QCY (3%), JLab (3%), boAt (3%) brendlari va bozorning deyarli yarmini esa umuman boshqa brendlar egallab turganini ko‘rish mumkin.

Mamlakatlarga ko‘ra, esa simsiz quloqchinlar 29% bozor ulushi bilan Osiyo mamlakatlarida (Xitoydan tashqari) eng ko‘p sotilmoqda. Xitoyning o‘zi esa bozorning 16 foizini egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda 27% bozor ulushini Shimoliy Amerika, uchinchi o‘rinda esa 21% bozor ulushini band qilib turibdi.

Shu bilan birga, simsiz quloqchinlar bozorining 36 foizini 50 dollardan past narxdagi mahsulotlar band qilgan. Eng qimmat, 200 dollardan yuqori bo‘lgan simsiz quloqchinlar bozori esa 16 foizni tashkil qiladi.

O‘QING: Samsung yangi Onxy rangdagi Galaxy Buds 2 va Buds Live quloqchinlarni taqdim etdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!