Simsiz quvvatlanib, 28 soat avtonom ishlovchi Redmi AirDots 3 Pro chiqdi

  •   DiMaX
  •  740
  •  26.05.2021 16:53

Simsiz quvvatlanib, 28 soat avtonom ishlovchi Redmi AirDots 3 Pro chiqdi

Xiaomi kompaniyasining Redmi brendi uchinchi avlod AirDots butkul simsiz quloqchinini namoyish etdi. Redmi AirDots 3 Pro nomini olgan mazkur aksessuar, oldingi avlod naushnik dizaynida bo‘lsa-da, uzoq kutilgan faol shovqin to‘sish va boshqa funksiyalar bilan boyigan.

O‘QING: Apple hayratda: Redmi uning gadjetiga atigi 11 dollarlik raqib taqdim etdi!

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, 9 millimetrlik drayverlarga ega bo‘lgan Redmi AirDots 3 Pro begona tovushlarni to‘sishning yuqori darajasiga ega – unda ANC samaradorligi 35 dB.ga yetadi.

Shovqinlarni tahlil etish va telefondagi suhbat chog‘ida foydalanuvchining ovozini sifatli yetkazish uchun quloqchinning har bir pallasida uchtadan – jami oltita mikrofon o‘rnatilgan.

Redmi AirDots 3 Pro signal ushlanib qolishining eng past ko‘rsatkichiga ega – 69 millisoniya. Uning yana bir o‘ziga xosligi esa oldin ulangan qurilmalarning biridan boshqasiga tezkor o‘ta olishidir.

O‘QING: 10 daqiqa quvvatlanib, 8 soat ishlovchi simsiz quloqchin chiqdi

Kompaniya bu mahsuloti Dolby Atmos texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek Hi-Res Audio hamda Hi-Res Audio Wireless standartlariga mos kelishini ta’kidlamoqda.

Redmi AirDots 3 Pro avtonomligi musiqa yangrash rejimida 6 soatga yetadi; jamlanmadagi g‘ilofi yordami bilan esa bu ko‘rsatkich naq 28 soatga boradi. Uning yana bir foydali jihati – keysiga simsiz zaryadlash texnologiyasi joriy etilganligidir.

Xiaomi bu quloqchinni 11 iyundan sotuvga chiqarmoqchi, narxi esa 55 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Atigi 10 dollardan «Xitoycha AirPods Max» sotuvga chiqdi