Singapurda imo-ishora bilan ochiladigan eshik ishlab chiqildi (video)

Singapurda imo-ishora bilan ochiladigan eshik ishlab chiqildi (video)

Singapurning STUCK Design kompaniyasi qo‘l bilan tegmasdan, imo-ishora bilangina ochish mumkin bo‘lgan yon tomonga suriluvchi eshik ishlab chiqdi. Hozirda keng qo‘llanuvchi harakat datchiklariga ega eshiklardan farqli, ushbu eshik faqatgina qo‘l imo-ishorasiga ta’sirlanadi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Ushbu eshikning ishlashi aks etgan videoda oynavand eshikka o‘rnatilgan displeyli boshqaruv blokini ko‘rish mumkin. Blok imo-ishorani kuzatish uchun mo‘ljallangan. Blok kutish rejimida bo‘lganda uning ekranida ingichka ramka aks etib turadi. Agar qo‘lni blokka 40 sm gacha yaqinlashtirilsa, unda ramka harakatga kelib, unga kaft yaqinlashgani sari qalinlashib boradi. Ramka butun ekranni qoplaganda, uning rangi o‘zgarib, eshik signal tovushi chiqaradi. Shundan keyin uni qo‘l tekkazmasdan chapga yoki o‘ngga surish mumkin bo‘ladi. Agar qo‘l datchikdan olinsa, unda eshik yopiladi.

Ta’kidlanishicha, bunday eshik hozirgi pandemiya sharoitida ayniqsa, asqatishi, mumkin. 

O‘QING: Yandex Go Toshkentda naqdsiz to‘lovni yo‘lga qo‘ydi