Sinmas va bukilmas yagona o‘yin smartfoni global bozorda: videosi va narxlari

  •   DiMaX
  •  930
  •  29.04.2021 10:56

Sinmas va bukilmas yagona o‘yin smartfoni global bozorda: videosi va narxlari

«Ustabuzarmon» videobloger kuni kecha 2021 yilning sinmaydigan va bukilmaydigan yagona o‘yin smartfonini e’lon qilgan hamda uni qiynagan videosini ko‘rsatgan edi. Zak Nelsonga ko‘ra, Xiaomi korporatsiyasining o‘yin qurilmalariga ixtisoslashgan brendi taqdim etgan flagman – Black Shark 4 modeli shunaqa mustahkam ekan.

O‘QING: «Qurilmalarni qiynovchi» videobloger sinab ko‘rdi: Galaxy S21 Ultra qanchalik mustahkam?

Xitoydagi anonsidan bir oy o‘tib, Black Shark 4 geymerofoni global bozorga ham taqdim etildi. Ishlab chiqaruvchining xalqaro saytida uning sahifasi paydo bo‘ldi.

Black Shark 4 smartfonining tezkor/doimiy xotirasi 8/128 gigabaytlik varianti uchun 499 AQSh dollari (499 yevro yoki 429 funt sterling) miqdorida narx belgilangan. Geymerlarga mo‘ljallangan ushbu qurilmaning 12/256 gigabaytligini esa $599/€599/£519 evaziga olish mumkin.

Xitoyda esa bu qurilmaning 6/128 GBlik varianti 383 dollar, 8/128 GBligi – 415 dollar, 12/128 GBligi – 460 dollar va 12/256 GBligi – 505 dollardan sotilmoqda.

O‘QING: «Qurilmalarni qiynovchi» texnobloger 2020 yilning eng, eng, eng... smartfonlarini e’lon qildi (+video)

To‘rtinchi avlod «Qora akula»ning ochiq savdosi 6 mayda boshlanadi, hozir esa unga oldindan buyurtma ochilgan. Avvaldan buyurtma qilgan dastlabki 100 nafar xaridorga Black Shark 4 FunCase g‘ilofi hamda Black Shark FunCooler kuleri sovg‘a sifatida qo‘shib beriladi.

Mazkur geymerofon hamda uning yanada ilg‘or – Black Shark 4 Pro versiyasi texnik jihatlari bilan mana bu xabarimizda tanishib chiqish mumkin.

O‘QING: Dimensity 1200 chipi va 12GB tezkor xotiraga ega Redmi K40 Gaming Edition smartfoni taqdim qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.