Sinovchilar uchun Android 12 chiqdi – o‘zgarishlar va o‘rnatiladigan smartfonlar ro‘yxatlari

  •   DiMaX
  •  1942
  •  19.02.2021 12:12

Sinovchilar uchun Android 12 chiqdi – o‘zgarishlar va o‘rnatiladigan smartfonlar ro‘yxatlari

Avvalroq biz Android 12 talqinidagi mobil operatsion tizimning ekranidan olingan birinchi skrinshotlarni ulashgan edik. So‘ngroq esa uning namoyish sanalari haqidagi ma’lumot ham chiqdi. Lekin hammasidan ham oldin...

O‘QING: Hali Android 11 chiqmay turib, Android 12’gacha yangilanuvchi ilk smartfon e’lon qilindi! (+video)

Google kompaniyasi bugun – 19 fevralda o‘tar tunda ushbu operatsion tizimning dasturchilarga mo‘ljallangan birinchi Android 12 Developer Preview versiyasini taqdim qildi. Unda hozircha jiddiy o‘zgarishlar yo‘q, asosiylari esa quyidagicha:

  1. «Shtorka» o‘zgargan – bildirishonmalar kattaroq bo‘lgan.
  2. Dasturlar logotiplari kattalashtirilgan.
  3. Nearby Share orqali Wi-Fi parolini ulashish mumkin.
  4. Tizimga kengaytirilgan skrinshotlar qo‘shilgan
  5. Shortkatlar menyusi kattaytirilgan.
  6. Sozlamalar tashqi ko‘rinishi o‘zgargan – endi bitta qo‘lda boshqarish oson.

O‘QING: Siz Android 11’da kutgan zo‘r funksiya Android 12’ga joriy etilyapti (+video)

Android 12 Developer Preview 1 proshivkasi hozircha faqat Google kompaniyasining Pixel 3, Pixel 3a, Pixel 4, Pixel 4a, Pixel 4a 5G va Pixel 5 smartfonlariga o‘rnatish mumkin. Ular uchun tegishli proshivka fayllarini mana bu havola orqali ko‘chirib olish imkoni mavjud.

Faqat sinovchi-dasturchilar emas, balki barchaga mo‘ljallangan Android 12 operatsion tizimining yakuniy – barqaror relishi kuzda bo‘lib o‘tadi. Google ungacha yana ikkita developer proshivkasini hamda oddiy foydalanuvchilar uchun to‘rtta beta-versiyasini chiqarmoqchi.

Shuningdek, qidiruv giganti o‘n ikkinchi avlod «yashil robotcha» haqida 24 fevralda bo‘lib o‘tadigan tadbirda batafsil so‘zlab berishni va’da qilmoqda.

O‘QING: Smartfoningizga hoziroq Android 12 qiyofasini baxsh eta olasiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!