Sirdaryoda terrorchilik tashkilotlarini Telegram orqali targ‘ib qilgan qurolli guruh a’zolari qo‘lga olindi

  •   DiMaX
  •  550
  •  17.06.2021 08:41

Sirdaryoda terrorchilik tashkilotlarini Telegram orqali targ‘ib qilgan qurolli guruh a’zolari qo‘lga olindi

Shu yilning 16 iyun kuni Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Bu xususda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: Internetdagi eng vahshiyona videolar sayti yopildi

Tezkor tadbir natijasida, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar a’zolarining ta’siriga tushib, radikal g‘oyalarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib kelgan yashirin guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Guruh a’zolari internetning Telegram messenjerida virtual kanal tashkil qilib, u orqali ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarini targ‘ib qiluvchi audio va videomateriallarni tarqatib kelganlar.

O‘QING: «Sardobada jabr ko‘rganlarga» deb Telegram orqali pul yig‘ib, Suriyaga jo‘natgan «jihodchilar» qo‘lga olindi

Ushbu tadbir davomida mazkur jinoiy guruhning Mirzaobod tumani va Yangiyer shahrida yashovchi 20 nafar a’zosi qo‘lga olindi. Qo‘lga olingan shaxslarning yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘QING: Facebook’da ekstremistik oqimga targ‘ib qilgan shaxslarni DXX qo‘lga oldi