Siz Android 11’da kutgan zo‘r funksiya Android 12’ga joriy etilyapti (+video)

  •   DiMaX
  •  1539
  •  25.01.2021 10:14

Siz Android 11’da kutgan zo‘r funksiya Android 12’ga joriy etilyapti (+video)

Android 11 (yoki Android R) talqinida dasturchilar smartfonni orqa paneliga chertish orqali boshqarish funksiyasi topishgan edi. lekin operatsion tizim taqdim etilganidan so‘ng bu imkoniyat unda yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: 15 xil Samsung smartfoniga Android 11 bazasidagi OneUI 3.1 proshivkasi keladi

Google kompaniyasi mazkur funksiyani endi Android 12 operatsion tizim talqinida foydalanuvchilarga tarqatmoqchi. Dastlabki sozlamalarga ko‘ra, gadjetning orqasiga ketma-ket ikki marta chertish orqali Google Assistant ovozli yordamchisi chaqiriladi:

Lekin «qo‘shaloq tap» ishorasini boshqa amallar uchun ham belgilab qo‘ysa bo‘ladi, masalan:

  • Skrinshot olish
  • Multimedia ijrosini to‘xtataib turish/davom ettirish
  • Bildirishnomalar panelini ochish
  • Oxirgi ishlatilgan ilovalar oynasini ochish

Bulardan tashqari, xohishga ko‘ra, «qo‘shaloq tap» funksiyasini o‘chirib qo‘yish ham mumkin bo‘ladi.

Ushbu yangi imkoniyat Android 12 tizimli barcha smartfonlarga tarqatiladimi yoki faqat Pixel turkumida bo‘ladimi – bunisi hozircha aniq emas.

O‘QING: Wi-Fi parolini ulashish endi yanada osonlashmoqda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!