Siz ham ushbu 28 ta kengaytmani yuklab olgan bo‘lsangiz, darhol ularni o‘chirib tashlang!

Siz ham ushbu 28 ta kengaytmani yuklab olgan bo‘lsangiz, darhol ularni o‘chirib tashlang!

Xavfsizlikka ixtisoslashgan Avast kompaniyasining xabar berishicha, uch milliondan ortiq internet foydalanuvchilari o‘z qurilmalariga zararlovchi kodga ega 15 ta Chrome, 13 ta Edge kengaytmalarini o‘rnatib olgan. Bu haqda ZDNet sayti xabar bermoqda.

28 ta kengaytma tarkibida qator zararlovchi operatsiyalarni amalga oshiruvchi kod bo‘lgan. Avast'ning ma’lum qilishicha, zararlovchi kodlar quyidagi amallarni bajargan:

• foydalanuvchi trafikini reklamaga yo‘naltirish;
• shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash;
• foydalanuvchi qurilmasiga yana boshqa zararli dasturlarni yuklash.

Zararli kodlar yuqoridagi amallarning barchasini bajara oladi. Lekin Avast mutaxassislarining aytishicha, boshlangan ushbu kampaniyadan ko‘zlangan asosiy maqsad moddiy daromad topish uchun foydalanuvchi trafikini reklamalarga yo‘naltirish bo‘lgan.

«Uchinchi tomon domeniga yo‘naltirilgan har bir trafik uchun kiberjinoyatchilarga haq to‘langan», – deydi Avast'dagilar.

Ushbu kodlar ilk bora o‘tgan oy aniqlangan, lekin Avast'ning ta’kidlashicha, kodlarning ba’zilari 2018-yildan beri faol bo‘lgan. O‘shanda, foydalanuvchilar ilk marotaba boshqa saytlarga yo‘naltirilayotganliklari haqida xabar bergandi.

Avast'ning Zararli dasturlar bo‘yicha tadqiqotchisi Yan Rubinning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar ushbu kengaytmalar avvalboshdan zararli kod bilan yaratilganmi yoki kod faqatgina kengaytma ma’lum darajada ommalashganidan so‘ng apdeyt orqali qo‘shilganmi — buni aniqlay olishmagan.

Zararli kengaytmalarning ko‘pi 10 ming martadan ortiq o‘rnatib olingan. Ularning ko‘pi facebook, Instagram, Vimeo va Spotify kabi ijtimoiy tarmoqlar/platformalardan multimedia kontentini ko‘chirib olish vazifasini bajargan.

Avast aniqlangan holat bo‘yicha ham Google'ga, ham Microsoft'ga xabar berganini, kompaniyalar ayni damda vaziyatni o‘rganib chiqayotganini aytgan.

Quyida Chrome uchun chiqarilgan zararli kengaytmalar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz:

• Direct Message for Instagram
• Invisible mode for Instagram Direct Message
• Downloader for Instagram
• App Phone for Instagram
• Stories for Instagram
• Universal Video Downloader
• Video Downloader for FaceBook™
• Vimeo™ Video Downloader
• VK UnBlock. Works fast.
• Odnoklassniki UnBlock. Works quickly.
• Spotify Music Downloader
• The New York Times News

Quyida Edge uchun chiqarilgan zararli kengaytmalar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz:

• Direct Message for Instagram™
• Instagram Download Video & Image
• Universal Video Downloader
• Video Downloader for FaceBook™
• Vimeo™ Video Downloader
• Volume Controller
• Stories for Instagram
• Upload photo to Instagram™
• Pretty Kitty, The Cat Pet
• Video Downloader for YouTube
• SoundCloud Music Downloader
• Instagram App with Direct Message DM

Google va Microsoft biror xabar berguniga qadar, Avast foydalanuvchilarga kengaytmalarni yo‘q qilish va brauzerdan o‘chirib tashlashni tavsiya qildi.

O‘QING: Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!