Siz ham Windows 11 interfeysini hoziroq sinab ko‘ra olasiz – uni o‘rnatish shartmas!

  •   DiMaX
  •  1180
  •  16.08.2021 11:55

Siz ham Windows 11 interfeysini hoziroq sinab ko‘ra olasiz – uni o‘rnatish shartmas!

24 iyun kuni Microsoft korporatsiyasi Windows 11 operatsion tizimini namoyish etgan edi. Yaqinda esa uning birinchi ommaviy beta-versiyasi ham chiqqan, biz uning barcha foydalanuvchilar o‘rnatib olishlari mumkin bo‘lgan havolasini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Windows 7 tizimli kompyuter va noutbuk egalari ham Windows 11’ga o‘ta oladilar, ammo...

Windows 11 o‘rnatish uchun kompyuter yoki noutbukingizga qo‘yiladigan talablarga javob berishi aniq bo‘lgan Intel, AMD va Qualcomm protsessorlari ro‘yxatlarini taqdim etganmiz. Bundan tashqari, ASUS kompaniyasi o‘zi ishlab chiqarayotgan kompyuter ona platalaridan qaysilari yangi operatsion tizimni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgan.

Shunga qaramasdan, kompyuteringiz yuqoridagi talablarga mos kelish-kelmasligidan chat’i nazar, Windows 11 tizimining interfeysini allaqachon ishlatib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun operatsion tizimni ko‘chirib olish ham, o‘rnatish ham kerak bo‘lmaydi. Internetga ulanish imkoni hamda oddiygina brauzer bo‘lsa bas – bular esa hozirda muammo emas.

Xullasi kalom, kompyuterga o‘rnatmasdan Windows 11 ishlatib ko‘rish uchun win11.blueedge.me manziliga o‘tasiz. Shunda yangi avlod operatsion tizim interfeysi brauzerning o‘zida ochiladi. To‘g‘ri, uning ishlash tezligi ancha past, ammo tanishib chiqish uchun yetarli.

Eslatib o‘tamiz – brauzerda ochiluvchi ushbu Windows 11 interfeysi to‘laqonli tizim emas, balki o‘ziga xos «emulyatora» vazifasini bajaradi. Shu boisdan undagi Edge brauzeri, Bloknot, Kalkulyator kabi dasturlar odatdagidek ishlasa-da, ilovalar do‘konidan biror narsa o‘rnatib yoki biror fayl yaratib bo‘lmaydi.

O‘QING: Uch yillik hamyonbop smartfonga Windows 11 o‘rnatib, unda afsonaviy shuterni o‘ynab ko‘rsatishdi! (video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!