Siz kutgan funksiya qaysi Android-smartfonlarga qaytyapti – Google aniqlik kiritdi

  •   DiMaX
  •  1808
  •  25.04.2020 14:53

Siz kutgan funksiya qaysi Android-smartfonlarga qaytyapti – Google aniqlik kiritdi

Android-smartfonlarga standart Google Phone (Google Telefon) ilovasidagi qo‘ng‘iroqlarni yozib olish funksiyasi qaytayotgani haqida xabar bergan edik. Ushbu opsiya allaqachon Hindistondagi Nokia smartfonlariga taqdim etildi.

O‘QING: Keraksiz qo‘ng‘iroq va xabarlarni cheklovchi Android-ilovalar

Google kompaniyasi mazkur opsiya qaysi smartfonlarga tarqatilishi haqida rasman ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, qo‘ng‘iroqni yozib olish funksiyasining ishlashi uchun Android 9 Pie yoki undan yuqori operatsion tizim, Google Phone ilovasi, uni qo‘llab-quvvatlovchi smartfon modeli hamda «mos keluvchi» hudud yoki mamlakat talab etiladi.

Qisqacha aytganda, qo‘ng‘iroqni yozib olish funksiyasi hamma hududlarda va barcha smartfonlarda ham ishlayvermaydi. Afsuski, aynan qaysi mamlakatlar va modellarda bu opsiya ishlashini Google aniq sanab o‘tmagan.

Aytish kerakki, Google Pixel turkumi gadjetlarida, Android One dasturi doirasidagi «toza» Android tizimli smartfonlarda va Yevropa uchun chiqarilgan aksariyat Xiaomi telefonlarida dastlabki holat bo‘yicha Google Phone ilovasi qo‘ng‘iroqlashish uchun asosiy ilova sifatida o‘rnatilgan. Demak, qo‘ng‘iroqlarni yozib olish opsiyasi endi mana shu qurilmalarga kelishi kerak.

Shuningdek, mazkur ilovani mana bu havola orqali Google Play katalogidan o‘rnatib olish ham mumkin. Lekin yuqorida ta’kidlangan funksiyaning ommaviy tarqatilish vaqti hozircha noma’lum.

O‘QING: Android’da keng imkoniyatlar uchun dasturchi menyusini faollashtiramiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!