Siz kutgan imkoniyat Telegram’ga may oyida qo‘shiladi!

  •   DiMaX
  •  627
  •  29.04.2021 17:41

Siz kutgan imkoniyat Telegram’ga may oyida qo‘shiladi!

Telegram messenjeri kuni kecha yangilangan, shuningdek, O‘zbekistonda guruh va kanallarda to‘lovlarni qabul qilishga ruxsat bergan edi. Kompaniya xabarida aytilishicha, unda may oyida guruhli videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini ishga tushadi, deb yozadi Kun.uz nashri.

O‘QING: Telegram’da bepul, anonim va cheksiz fayl saqlagich paydo bo‘ldi

«May oyida ovozli chatlarimizga video qo‘shamiz, bu esa Telegram’ni guruhli videoqo‘ng‘iroqlar uchun kuchli platformaga aylantiradi. Ekrandan birgalikda foydalanish, shifrlash, shovqinni bosish, stol kompyuterlari va planshetlarni qo‘llab-quvvatlash, siz videokonferensaloqaning zamonaviy vositasidan kutgan barcha narsa tezlik va shifrlash bilan birgalikda Telegram’da», – deyiladi Pavel Durovning Telegram-kanalidagi xabarda.

Aytish kerakki, Telegram’da videoqo‘ng‘iroq funksiyasi o‘tgan yil avgustda paydo bo‘lgandi.

O‘QING: Android uchun mustaqil Telegram chiqdi: afzalliklari nimada? (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!