Siz kutgan xizmat Yagona portalga qaytdi!

  •   DiMaX
  •  318
  •  12.03.2021 16:44

Siz kutgan xizmat Yagona portalga qaytdi!

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali «Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish» xizmati yana yoqildi. Bu xususda YaIDXP o‘z Telegram-kanali orqali xabar bermoqda.

O‘QING: Nomingizda uy-joy bor-yo‘qligi haqida ma’lumotnomani onlayn usulda oson oling! (videoqo‘llanma)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-6186-son Farmoni bilan davlat byudjetidan shahar va qishloq joylarida qurilgan ko‘p qavatli uylardan birlamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida 2021 yilda yangi tartibda ipoteka kreditlarini ajratishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi.

Shu munosabat bilan YaIDXPda «Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish» davlat xizmati (https://my.gov.uz/uz/service/325) qayta yoqilganligi ma’lum qilindi.

O‘QING: Avtojarimalar to‘g‘risida ma’lumotni endi onlayn tarzda – oson va bepul oling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!