Siz kutgan xushxabar: nihoyat, Telegram’da guruhli videqo‘ng‘iroqlar ishga tushadi!

  •   DiMaX
  •  1969
  •  25.04.2020 11:18

Siz kutgan xushxabar: nihoyat, Telegram’da guruhli videqo‘ng‘iroqlar ishga tushadi!

Telegram oylik faol foydalanuvchilari soni 400 million nafarga yetdi, bu esa bir yil oldingiga nisbatan 100 millionga ko‘proq. Mazkur messenjer asoschisi Pavel Durovning bu boradagi rasmiy maqolasi e’lon qilindi.

O‘QING: TOP-7: Telegram’ning siz bilmagan sirlari

Original maqolani Telegram Uzbekistan kanali o‘zbek tiliga o‘girib chiqargan va unda shunday deyiladi:

Har kuni kamida 1,5 million yangi foydalanuvchi Telegram’da ro‘yxatdan o‘tadi. Jildlar, bulut xotirasi va kompyuterdan kirish imkoniyati Telegram’ni karantin davrida masofadan turib ishlash va o‘qish uchun ideal vositaga aylantiradi. Telegram dunyoda 20 dan ortiq mamlakatlarda eng ko‘p yuklab olingan ijtimoiy tarmoq ilovalari ro‘yxatida birinchi o‘rinda turganligining ajablanarli tomoni yo‘q – dunyo bo‘ylab odamlar katta tezlik bilan Telegram’ga o‘tishmoqda.

Telegram’ning oxirgi 7 yil ichida o‘sishi

Telegram’ni 7 yil avval ishga tushirganimizda, biz odamlar har doim erkinlik va sifatni cheklovlar va o‘rtamiyonalikdan afzal ko‘radi, deb hisoblar edik. Telegram va uning eskiroq raqobatchilari orasidagi masofa qisqarishi bilan eski fikrlarimiz to‘g‘riligiga yanada amin bo‘lmoqdamiz. Aqlli va erkin bo‘lganligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Kelgusida nimalarni rejalashtirmoqdamiz? Ayni paytdagi butun dunyo bo‘yicha yakkalanish videomuloqot uchun ishonchli vositalar qanchalik yetishmayotganini ko‘rsatdi. 2020 yilda videochaqiruvlar xuddi 2013 yilda xabarlar kabi hayotning bir qismiga aylandi. Xavfsizlik yoki qulaylikni taklif qiladigan ilovalar mavjud, lekin har doim ulardan birini tanlashga to‘g‘ri keladi. Biz buni tuzatishga umid qilamiz va 2020 yilda xavfsiz guruh videochaqiruvlarini ishga tushirmoqchimiz.

U paydo bo‘lishi bilan, biz u haqida blogda yozamiz. Shunday ekan, so‘rashni to‘xtating. 😈

Yangilangan so‘rovnomalar

Biz foydalanuvchilar bilimlarini sinashlari uchun Telegram so‘rovnomalarga Viktorina rejimini yanvar oyida qo‘shgan edik. Oxirgi haftalarda Telegram History and Features kabi @QuizBot orqali yaratilgan o‘quv testlari va viktorinalari ommalashayotganini kuzatdik. Bugungi yangilanish viktorinalarning talimga oid imkoniyatlarini kengaytiradi.

Endi foydalanuvchilar viktorina savollariga javob berishganida paydo bo‘ladigan izohlarni qo‘shishingiz mumkin. Izohlar tufayli foydalanuvchilar xatolaridan o‘rganishi mumkin bo‘ladi, viktorinalar esa nafaqat bilimlarini tekshirish, balki o‘rganish imkonini ham beradi.

Qiziqarli fakt: tinchlik ramzi sifatida dunyo bo‘ylab sayohat qiluvchi ulkan rezina o‘rdak mavjud. U ko‘rganlarimiz ichida eng yoqimtoy, eng dahshatli narsa:

Masalan, Telegram History and Features bo‘yicha ushbu tezkor testni sinab ko‘ring.

@QuizBot orqali viktorina yaratilganida, savollar uchun javob berish vaqtini cheklash mumkin – bu viktorinalarni yanada qiziqarliroq qiladi, ulardan talabalar guruh chatlarida imtihonga tayyorlanish uchun tez-tez foydalaniladi. Yangi animatsiyali taymer bilan har bir ishtirokchi unda javob berish uchun qancha vaqt qolganini ko‘rishi mumkin.

O‘quv testlari tuzuvchilar uchun 400 ming yevro

Ayni paytda 2 milliard o‘quvchilar maktablardan uzoqda va dunyo onlayn ta’lim vositalariga juda muhtoj. Biz bu muammoni hal qilish maqsadida barcha fanlar va darajalar uchun o‘quv testlari malumotlar bazasinini yaratish orqali hissa qo‘shmoqchimiz. Buni amalga oshirish uchun bugun biz o‘quv testlari tuzuvchilar uchun 400 ming yevro sovrin jamg‘armali tanlov e’lon qilmoqdamiz.

Ishtirok etish uchun @QuizBot yordamida istalgan qiyinchilik darajasida istalgan mavzuda, istalgan tilda mualliflik o‘quv testlarini tuzing. O‘zbek tilida O‘rta asrlar Yevropa tarixidan tortib, nemis tilida Mikrobiologie für Expertengacha – savollaringizga kerakli istalgan mediafaylni qo‘shing, lekin muallifllik huquqiga amal qiling.

Tanlovga ariza topshirgan viktorinalar ichki qidiruvli katalogga qo‘shiladi. Ularni sifati va ommabopligi asosida bir nechta bosqichda e’lon qilamiz. Birinchi bosqich uchun arizalar 15-maygacha qabul qilinadi.

Telegram jamoasidan ushbu va boshqa tanlovlar @contest kanalida elon qilinadi. O‘tgan yilning o‘zida biz tanlovlar g‘oliblariga 2 million yevro tarqatdik. 💰

20000 ta stiker

Telegram stikerlar uchun ular birinchi marta e’lon qilinganidan buyon yillar davomida mashhur bo‘lib keldi, lekin bugungacha barcha eng yaxshi stikerlarni birdan ko‘rishning iloji yo‘q edi. Yangi stiker katalogini kutib oling. U yerda oxirgi 5 yil ichida yaratilgan 20000 tadan ortiq yuqori sifatli Telegram stikerlarini ko‘rishingiz mumkin.

Stikerlar harakatsiz bo‘lgan vaqtlarni eslaysizmi? Oq-qora bo‘lganini-chi?

Biror to‘plamni topish uchun qidiruvdan foydalanishingiz mumkin yoki agar Stikerlar muzeyi tarixi bo‘ylab sayohat qilishni xohlasangiz, ro‘yxat bo‘ylab aylantirishingiz va bugungi ommaboplardan boshlab, yer yuzida eng birinchi Stiker sapiens’largacha qilishingiz mumkin.

Android’da yangi biriktirmalar menyusi

Android’da biriktirma menyusining barcha bo‘limlari kengayadigan oynada ochiladi, ular menyuni qulayroq va foydalanish uchun osonroq qiladi. Shuningdek, ular animatsiyali ikonkalar bilan to‘ldirildi.

Bizga ayniqsa joylashuvni ulashish ikonkasi yoqadi. U yana hamma ko‘chaga chiqishini sabrsizlik bilan kutmoqda.

MacOS uchun yangilanishlar

MacOS uchun Telegram foydalanuvchilari Ulashilgan mediafayllarga bevosita qayta dizayn qilingan profil sahifalaridan kirishi mumkin. Ko‘plab jildlari borlarga Telegram Desktop uslubidagi ikonkalar bilan jild yon paneli yoqishi mumkin.

Quyidagi skrinshot yangilangan ilova ichidagi rasm tahrirlagichi orqali yaratilgan. Endi u rasmlarni yuborishda va tahrirlashda ularga chizish imkonini beradi:

Telegram qo‘llab-quvvatlash xizmati tomonidan isbotlangan: rasmdagi tezkoq qizil aylana minglab so‘zlarga nisbatan ANChA yaxshiroq.

Nishonga aniq urish

Oxirgi yangilanishdan 🎲 emodzisiga qo‘shimcha sifatida endi animatsiyali nishon 🎯 emodzisi orqali istalgan chatda birinchi bo‘lib nishonga urishga urinib ko‘ring.

Idish-tovoqni kim yuvishini qaror qilishning zamonaviy va qiziqarli usuli:

Umid qilamizki, ushbu yangilanish sizlarga – barcha 400 million nafar foydalalanuvchilarimizning har biriga yoqadi.

2020 yil, 24 aprel,

Pavel Durov.

O‘QING: Telegram nega endi hukumat bilan hamkorlik qilyapti? Durov rasman izoh berdi