Siz kutgan yangilik: Chrome «og‘ir» reklamalarni bloklay boshladi!

  •   DiMaX
  •  644
  •  18.05.2020 11:41

Siz kutgan yangilik: Chrome «og‘ir» reklamalarni bloklay boshladi!

Google kompaniyasining Chrome ilovasi eng ommabop, lekin tizim resurslarini, tezkor xotirani va protsessor kuchini eng ko‘p talab etuvchi brauzer hisoblanadi. Buning ustiga, turli saytlardagi bizga yoqmaydigan reklamalar vaziyatni battar chigallashtiradi.

O‘QING: Chrome – eng «ochofat» brauzer, lekin siz uning «nafsini jilovlay» olasiz!

Lekin qidiruv giganti Chrome foydalanuvchilarini qayg‘urib, o‘z brauzerida «og‘ir» reklamalarni bloklash funksiyasini (hozircha test rejimida) ishga tushirdi. Unda bloklangan reklama o‘rnida «Reklama o‘chirildi» yozuvi aks etadi.

Google vakillarining ta’kidlashicha, ayrim reklamalar qurilmaning juda ko‘p resursini, shu jumladan akkumulyator quvvati va trafikni sarflashini payqab qolishgan. Bunaqa reklama bloklari gadjetlarning avtonom ishlash vaqtiga va batareyaning yaroqlilik muddatiga salbiy ta’sir etishdan tashqari, tarmoqni band qiladi; ularni ochishga ketgan trafikni va vaqtni hisobga olsak – ular juda zararli.

O‘QING: Smartfonlar ekrani o‘rtasida chiqib qoladigan begona reklamalarni o‘chirish usuli

Yuqoridagilarni inobatga olib, quyidagi hollarda Chrome reklamalarni bloklaydigan qilinyapti:

  • Protsessor uni ko‘rib chiqishga 60 soniyadan oshiq vaqt sarflaydigan bo‘lsa;
  • Tizim resurslarining 50 foizini 30 soniyadan oshiq vaqt sarflasa;
  • 4 megabaytdan oshiq trafik ishlatsa.

Ayni damda bu cheklovlar doirasiga barcha e’lonlarning faqat 0,3 foizi tushadi. Lekin aynan shularga umumiy reklamalarga sarflanadigan trafikning 27 foizi va protsessor kuchining 28 foizi to‘g‘ri keladi!

Google Chrome’ning desktop versiyasida ham, mobil ilovasida ham reklamalarni bloklash funksiyasi shu yilning oxirigacha to‘liq ishga tushiriladi.

O‘QING: Yetib keldik: Xiaomi kabi, endi Samsung ham smartfonlarini reklamaga to‘ldirib tashlaydi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!