Siz sevgan jangovar o‘yinida oltinchi mavsum boshlandi! (+treyler)

  •   DiMaX
  •  775
  •  30.09.2020 12:22

Siz sevgan jangovar o‘yinida oltinchi mavsum boshlandi! (+treyler)

PUBG Mobile cheklangach, boshqa mobil o‘yinlarning, shu jumladan Call of Duty: Mobile’ning ham omadi chopgan edi. Endi ushbu o‘yinning boshqa platformalardagi versiyasida yangi sezon boshlandi.

O‘QING: PUBG Mobile’dan 78 foizga, Fortnite Mobile’dan esa naq 83 foizga ko‘p daromad keltirgan o‘yinni bilasizmi?

Call of Duty: Modern Warfare hamda Warzone o‘yinlarining oltinchi mavsumi kecha – 29 sentyabr kuni kechqurun geymerlarga taqdim etilgan. Yangi mavsum o‘yinini kompyuter, PlayStation 4 hamda Xbox One platformalarida allaqachon o‘ynash mumkin.

Uning ishlab chiquvchisi – Activision kompaniyasi mazkur yangilanishning treylerini e’lon qildi.

Call of Duty: Warzone «shohona jang»i oltinchi mavsumida Modern Warfare orqali tanish bo‘lgan personajlar – Fara Karim hamda Nikolay ham mavjud. Shuningdek, bu o‘yin xaritasiga oltita stansiyali metropoliten ham kiritilgan. Bulardan tashqari, unga yangi xarita va rejimlar, oldin misli ko‘rilmagan qurol hamda Xellouinga bag‘ishlab maxsus ivent ham qo‘shilgan.

O‘QING: OGOH BO‘LING: Bu ommabop o‘yin fanatlari o‘zlarini o‘ldira boshlashdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!