Siz sevgan Need for Speed yangi qiyofada qaytdi! (+rasmiy treyler)

  •   DiMaX
  •  2435
  •  06.10.2020 16:04

Siz sevgan Need for Speed yangi qiyofada qaytdi! (+rasmiy treyler)

Criterion Games tomonidan ilk o‘yini 2010 yili taqdim etilgan Need for Speed turkumini hozirgacha geymerlar sevib o‘ynashadi. Uning Need for Speed Heat talqini 2019 yili PlayStation o‘yin konsollariga eng ko‘p yuklab olingan o‘yinlar reytingiga ham kirgan.

O‘QING: O‘zbekistonlik 5 muvaffaqiyatli kibersportchi

Electronic Arts kompaniyasi ushbu o‘yinning yaxshilangan qayta nashri – Need for Speed: Hot Pursuit Remastered anonsini berdi. Unda yuqori tezlikdagi poygalar va politsiya ishtirokidagi quvishu qochishlarga ega bo‘lgan bazaviy o‘yindan tashqari, yuklab olinuvchi qo‘shimcha premial kontentlar ham bor. Bular qatoriga: SCPD Rebel Racer Pack, Super Sports Pack, Armed & Dangerous Pack, Lamborghini Untamed Pack hamda Porsche Unleashed Pack kiradi.

Shuningdek, dasturchilar yangi mahsulotda turli modellardagi konsollar hamda shaxsiy kompyuterlar egalari o‘rtasida musobaqalar uyushtirish uchun krossplatformali multipleyer ham qo‘shishgan.

Remaster yana yangicha yutuq turlari, avtomobillar ranglari, to‘siqlar, yangilangan foto rejimi, shuningdek, o‘yin jarayonidagi turli elementlarning yaxshilanishlarini ham o‘z ichiga oladi.

Need for Speed: Hot Pursuit Remastered o‘yinining kompyuterlarga moslangan versiyasi soniyasiga 60 kadrlik bo‘lgan 4K rejimigacha qo‘llab-quvvatlaydi. Xbox One X hamda PlayStation 4 Pro pristavkalariga mo‘ljallangan talqinlari esa soniyasiga 30 kadrlik 4K hamda soniyasiga 60 kadrlik 1080p rejimlaridan birini tanlash imkoniga ega bo‘ladilar. Nintendo Switch pristavkasida esa remaster soniyasiga 30 kadrlik 1080p rejimida aks etadi.

Ushbu o‘yin 6 oktyabrdan kompyuterlarga (Origin va Steam do‘konlari orqali), Xbox One hamda PlayStation 4 konsollariga, 13 noyabrda esa Nintendo Switch’larga chiqadi.

O‘QING: Siz sevgan jangovar o‘yinida oltinchi mavsum boshlandi! (+treyler)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.