Siz uzoq kutgan funksiya Telegram’ga yaqin orada qo‘shiladi!

  •   DiMaX
  •  3463
  •  29.01.2020 13:23

Siz uzoq kutgan funksiya Telegram’ga yaqin orada qo‘shiladi!

Telegram messenjerining ayrim muqobil norasmiy ilovalari (masalan – Plus Messenger) uning rasmiy kliyentlarida ham bo‘lmagan ba’zi imkoniyatlarga ega. Shulardan biri – chatlarni toifalarga ajratib ko‘rsatishidir.

O‘QING: Telegram asoschisi: «Bu servis endi rasman sizlarni kuzatish jihoziga aylangan!»

Ayni shu funksiya yaqin orada Telegram’ning o‘ziga ham joriy etilishi kutilmoqda – messenjerning macOS kliyenti beta-versiyasida u allaqachon paydo bo‘lgan. Mazkur filtrni faollashtirish uchun chatlar varaqasiga sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan chertish kerak bo‘ladi.

Aftidan, dialoglar va kanallarni toifasiga ko‘ra ajratish imkoniyati Telegram’ning boshqa operatsion tizimlarga mo‘ljallangan ilovalarida ham bo‘ladi. Faqat bu funksiya ham qo‘shilgan yangilanish qachon chiqishi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha iOS hamda Android tizimlari uchun Telegram 5.14 talqini taqdim etilgan bo‘lib, undagi yangi imkoniyatlar bilan mana bu xabarimizda tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: Telegram’da o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘luvchi rasm yoki video jo‘natamiz