Siz yo‘qligingizda smartfoningizni kim olganini ko‘rsatuvchi ilova bor!

  •   DiMaX
  •  8465
  •  15.06.2019 14:50

Siz yo‘qligingizda smartfoningizni kim olganini ko‘rsatuvchi ilova bor!

Smartfoningizni kod-parol yoki barmoq izi skaneri bilan himoyalashga odatlanmaganmisiz? Biror joyda qoldirib ketib, qaytib kelguningizgacha, yoki masalan, uxlayotganingizda uni kimdir ochib ko‘rgan, deya shubhalanasizmi? Unda sizga shunaqa vaziyatlarda asqotuvchi bir dasturni tavsiya etamiz.

O‘QING: Telefoningizni topib beruvchi bepul Android-ilova

Android-smartfonlar uchun ishlab chiqilgan ushbu ilova aynan «Telefonimni kim olgan», ya’ni «Kto bral moy telefon» deb nomlangan. Uning ishlashi har gal smartfon blokdan chiqarilganida old kamera orqali suratga olishga asoslangan.

Dasturning o‘ziga xosliklari:

1. Ilova ishga tushirilishi bilanoq uning ishlash prinsipi haqida lo‘ndagina ma’lumot beriladi.

2. Undan foydalana boshlash uchun bosh menyudagi birinchi band – «Ekranni blokdan chiqarish monitoringi» («Monitoring razblokirovki ekrana») opsiyasini yoqib qo‘yish kifoya.

3. Shuni yoqib qo‘ygach, ilova ishga tushadi, uni o‘chirib qo‘ysangiz ham fon rejimida monitoringni olib boraveradi.

O‘QING: O‘g‘irlangan smartfonni topsa bo‘ladi!

Endi siz yo‘qligingizda yoningizdagilardan kimdir telefoningizni olib kavlashtirsa, buni tegishli surat orqali aniqlay olasiz. Smartfon old kamerasi orqali tushirilgan ushbu rasmlar maxsus papkada saqlanadi va ularni «Telefonimni kim olgan» dasturi orqali kirib ko‘rishingiz mumkin. Boshqalar ko‘ra olmasligi uchun ilovaning o‘zini parol bilan himoyalash funksiyasi ham bor.

Xo‘sh, qiziqib qoldingizmi? Unda «Telefonimni kim olgan» ilovasini mana mana bu havola orqali Google Play katalogidan yuklab olishingiz mumkin.

O‘QING: iPhone, Android smartfon yo‘qolsa, qanday qilib izlash mumkin?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!