Sizni eng ko‘p kuzatuvchi ilovalar va ular o‘rniga xavfsiz muqobillar

  •   DiMaX
  •  980
  •  07.06.2021 16:58

Sizni eng ko‘p kuzatuvchi ilovalar va ular o‘rniga xavfsiz muqobillar

Yaqinda pCloud mutaxassislari turli mobil ilovalarni o‘rganib chiqib, smartfon resurslarini eng ko‘p sarflaydigan 50 ta ilova ro‘yxatini e’lon qilishgan edi. Endi esa Surfshark nomli VPN-provayder iOS tizimi uchun ishlab chiqilgan ilovalarning qaysilari foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini qanchalik ko‘p to‘plashini o‘rgandi.

O‘QING: Kompyuter va smartfonlar uchun eng yaxshi 11 ta tekin VPN ilovasi

Surfshark mutaxassislari ilovalarni turli toifalarga ajratib, shular orasidan foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini eng ko‘p va eng kam kavlashtiradiganlarini e’lon qilishgan. Quyidagi suratda ilova ostidagi «tasma» qanchalik uzun bo‘lsa – u shuncha ko‘p ma’lumot to‘playdi; qancha ko‘p ranglar bo‘lsa – ilova shaxsiy ma’lumotlarning shuncha ko‘p turlarini o‘g‘irlaydi.

Ko‘rib turibsizki, xabar almashish va videoqo‘ng‘iroqlar ilovalari orasida Facebook Messenger eng ko‘p, Cisco Webex Meetings esa baridan kam shaxsiy ma’lumotlaringizga qiziqadi. Ijtimoiy tarmoqlar orasida ham Facebook eng ko‘p miqdorda va turdagi ma’lumotlaringizni oladi, Clubhouse esa – eng kam.

O‘QING: Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!

Surfshark ekspertlari yana aynan qaysi toifalarga mansub iOS-ilovalar eng ko‘p shaxsiy ma’lumotlaringizni yig‘ishini ham o‘rganib chiqishgan. Uning natijalariga ko‘ra, eng «qizquvchan» beshta toifa quyidagilar ekan:

  1. Ijtimoiy tarmoqlar
  2. Taom eltib berish ilovalari
  3. Xarid ilovalari
  4. Tanishuv ilovalari
  5. To‘lov ilovalari

Foydalanuvchining shaxsiga oid ma’lumotlarni ko‘p ham kavlashtirmaydigan besh toifa esa quyidagicha:

  1. Brauzerlar
  2. Foto tahrir ilovalari
  3. Bolalar ilovalari
  4. Pochta kliyentlari
  5. Ob-havo ilovalari

Yana bir qonuniyatni ham yodda tutish darkor: eng ommalashgan ilovalar eng ko‘p ma’lumotlaringizni to‘playdi. Zero, ularni reklama beruvchilarga sotish orqali katta auditoriyadan mo‘may daromad olishadi.

O‘QING: Google xodimlari sirni ochishdi: xomtama bo‘lmang – undan yashirina olmaysiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!