Skai – vodorod yoqilg‘ili ilk uchar taksi taqdim qilindi!

  •   DiMaX
  •  1175
  •  30.05.2019 14:41

Skai – vodorod yoqilg‘ili ilk uchar taksi taqdim qilindi!

Olimlar muqobil energiya iurlari bo‘yicha turli izlanishlar olib borishdan charchamayaptilar. Jumladan, turli transport vositalarida yoqilg‘i sifatida vodoroddan foydalanish ham boshlangan.

O‘QING: Nemislar birinchi bo‘lishdi: Germaniyada vodorod yoqilg‘isi bilan harakatlanadigan poyezd yaratildi

Endi esa yoqilg‘i sifatida vodoroddan foydalangan holda harakatlanuvchi Skai uchar taksisi namoyish qilindi. Uni yoqilg‘i bilan taxminan 10 daqiqada to‘ldirish mumkin va bu o‘rtacha 4 soatlik uchishga yetarli bo‘ladi. Taksida besh nafargacha kishi chiqishi mumkin, uning maksimal yuk ko‘tarish quvvati esa 450 kilogrammga teng. Lekin uning eng yuqori uchish tezligi ma’lum qilinmagan.

Skai loyihasi direktori Stiv Xanvi so‘zlariga ko‘ra, shaharlarda bunday taksilar yo‘lovchi tashiy boshlashi uchun hali o‘n yillar vaqt talab etilishi mumkin. Lekin dastlabki bosqichlarda ularni yuk tashish maqsadida yoki, masalan, tez yordam sifatida qo‘llash mumkin.

O‘QING: Koinotga suv yordamida parvoz: rossiyalik fizik shunday taklifni ilgari surmoqda

Skai dizaynini BMW kompaniyasi mutaxassislari ishlab chiqishgan. Kabina shunday loyihalashtirilganki, ichkaridagi yo‘lovchilar tashqaridagi manzarani panorama tarzida tomosha qilib borishadi.

Shu bilan birga, turli avariyalarning oldini olish uchun bir necha xil himoya tizimlari ham joriy etilgan. Jumladan, uchar taksini yumshoq qo‘ndirishga mo‘ljallangan katta parashyut ham mavjud.

Quyida Skai uchar taksisini “jonli” videoda ko‘ramiz:

Shunisi ham borki, yoqilg‘i sifatida vodorod qo‘llanishining bitta salbiy jihati bor – u portlash xavfi katta bo‘lgan moddalar sirasiga kiradi. Bu kabi qurilmalarda u elektr energiyasidan ko‘ra arzon tushishi aniq, ammo baribir tokli akkumulyatorlar borasida biror inqilobni kutgan ma’qul.

O‘QING: 2030 yilgacha barcha avtomobillar elektromobilga almashtiriladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!