Skrinshotlar Redmi K40 hamda Redmi K40 Pro’ning asosiy jihatlarini fosh etdi

  •   DiMaX
  •  955
  •  11.02.2021 15:39

Skrinshotlar Redmi K40 hamda Redmi K40 Pro’ning asosiy jihatlarini fosh etdi

Kechagina biz Redmi K40 hamda Redmi K40 Pro smartfonlarining birinchi «jonli» suratlarini e’lon qilgan edik. Insayderlar esa ulardan har birining asosiy texnik xususiyatlarini aks ettiruvchi skrinshotlarni ham tarqatishdi.

O‘QING: Taqdimotdan oldin Xiaomi Mi 11 Pro hamda Mi 11 Pro+ narxlari va xususiyatlari aniq bo‘ldi

MIUI 12 grafik qobig‘idan olingan birinchi skrinshotda Redmi K40 modelining texnik jihatlarini ko‘rishimiz mumkin. Avvalo, uni Qualcomm kompaniyasining yangi – Snapdragon 870 protsessori bazasida tayyorlashibdi. Smartfonning konfiguratsiyasiga 6/128 gigabaytlik tezkor/doimiy xotira ham kiradi.

Redmi K40 old kamerasi 30 megapiksellik bo‘lib, uning uchun ekranda ochilgan tirqish rekord darajada ixcham – diametri atigi 2,8 millimetrga teng. Ekranning o‘zi esa xuddi Xiaomi Mi 11 flagmanidagi kabi – diagonaliga 6,81 dyuymlik, tasqir aniqligi 2K formatida (3200x1440 piksellik). Farqi shundaki, uning chetlari Mi 11 modelidagi kabi qayrilma ema; kadr yangilanish chastotasi esa o‘shanday – 120 gerslik.

Xiaomi’ning arzonchi brendi bu flagmanini 4500 mA/soatlik akkumulyator hamda kvadrokamera bilan ta’minlagan: undagi datchiklar 108 + 8 + 5 + 2 megapiksellik aniqlikka ega.

O‘QING: Redmi K40 flagmanlari nafaqat Mi 11, kerak bo‘lsa Galaxy S21 Ultra bilan bellasha oladi!

Yanada ilg‘or model – Redmi K40 Pro sozlamalar menyusi aks etgan skrinshotga qaraganda, unda 6,81 dyuymlik AMOLED-ekran qo‘llangan, uning tasvir aniqligi 1440p+ formatida. Uning uchun hozirda eng kuchli Android-protsessor – Snapdragon 888 platformasi tanlangan.

Redmi K40 Pro tezkor xotirasi 12 gigabaytgacha boradigan variantlarda taklif etiladi. Uning batareyasi ham standart flagmannikiga qaraganda sig‘imdorroq – 5000 mA/soatlik. Ushbu modelning bosh kamerasida 108 + 13 + 5 + 2 megapiksellik, selfi-kamerasida esa 30 megapiksellik modullar ishlatiladi.

Flagmanlar turkumida yana Dimensity 1200 bazasida ishlovchi smartfon ham bo‘lishi va u Redmi K40S deb nomlanishi aytilmoqda.

O‘QING: MIUI 12.5 global proshivkasi qaysi Xiaomi va Redmi smartfoniga qachon keladi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!