Skyeng ingliz tilini film subtitrlari orqali o‘rganishga yordam beradigan servisni ishga tushirdi

Skyeng ingliz tilini film subtitrlari orqali o‘rganishga yordam beradigan servisni ishga tushirdi

Rossiyaning ingliz tilini onlayn formatda o‘rgatishga ixtisoslashgan Skyeng kompaniyasi ingliz tilini film va seriallardagi subtitrlar orqali o‘rganishga mo‘ljallangan servisni ishga tushirdi, deb yozmoqda vc.ru sayti.

Servis Skyeng tomonidan yaratilgan Vimbox platformasida ishlaydi va Google Chrome i “Yandeks.Brauzer” brauzerlariga mos keladi. Servisdan onlayn-kinoteatr tomoshabinlari bepul foydalanishlari mumkin, buning uchun ulardan maxsus kengaytmani o‘rnatish talab etiladi, xolos. Shundan keyin ba’zi film va seriallar ostida subtitrlarni yoqishga xizmat qiladigan Vimbox tugmasi paydo bo‘ladi.

Filmni ko‘rish paytida foydalanuvchilar istalgan subtitr ustiga bosib, uning tarjimasini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Film ijrosi esa ushbu jarayonda avtomatik tarzda sekinlashadi.

Hozirda Skyeng dasturchilari AQShning Netflix video-platforma bilan ushbu servisni integratsiyalash ustida ish oli bormoqdalar.

Skyeng onlayn-maktabi foydalanuvchilariga ham ushbu servis bepul taqdim etiladi va ular o‘rganilgan so‘zlarni shaxsiy lug‘atga saqlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.