Skype O‘zbekistonda erkinlikka chiqarildi

Skype O‘zbekistonda erkinlikka chiqarildi

O‘zbekistonda Skype tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha cheklov olib tashlandi. Bu haqda Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi ma’lumotlariga tayanib Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yili iyul oyi boshida O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga qonunga zid ravishda ishlov berayotgani sabab qilib ko‘rsatilib, mamlakatimizda foydalanish taqiqlangan ijtimoiy tarmoqlarni blokdan yechish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Hozirda Skype shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestri ro‘yxatidan olib tashlangan. Undan tashqari yana to‘rtta ijtimoiy tarmoq qolmoqda: Twitter, TikTok, VK va WeChat.

O‘QING: Lapsus$ xakerlarining "kattasi" kim ekanligi ma’lum bo‘ldi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!