Smartfon bozorida lider o‘zgardi, Xiaomi esa Apple’ga deyarli yetib oldi!

  •   DiMaX
  •  2074
  •  29.09.2020 15:04

Smartfon bozorida lider o‘zgardi, Xiaomi esa Apple’ga deyarli yetib oldi!

Joriy yilning avgust oyida dunyo smartfon bozorida muhim o‘zgarishlar ro‘y bergan. Bu haqda Counterpoint Research tahlilchilari ma’lumotlariga tayanib Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘QING: Dunyodagi eng zo‘r o‘nta smartfon («Roskachestvo» reytingi, 2020 yil sentyabr)

Manbaga ko‘ra, avgust oyida sotilgan smartfonlar soniga ko‘ra Samsung birinchi o‘ringa chiqib olgan. Jahon bozorida uning ulushi 22 foizgacha ko‘tarilgan. Shu paytgacha yetakchi bo‘lib kelayotgan Huawei hissasi esa kamayib, avgustda 16 foizni tashkil etgan – ikkinchi o‘rin. Janubiy koreyaliklarning bu yutug‘ida Hindiston bozorining ahamiyati qatta; Huawei smartfonlari esa u yerda rasman taqdim etilmagan.

Kuchli uchlikni 12 foizlik hissa bilan yana bir yetakchi smartfonsoz – Apple yakunlab turibdi. Lekin qizig‘i – Xiaomi allaqachon unga yetay deb qolgan: xitoylik bu kompaniya o‘tgan oyda dunyo smartfon bozorining 11 foizini egallagan.

Mutaxassislarning fikricha, 30 sentyabr kuni Xiaomi Mi 10T, Mi 10T Lite hamda Mi 10T Pro smartfonlarini namoyish etgach, «Xitoycha Apple» hatto kupertinoliklardan o‘zib ketishi ham mumkin. Lekin shunday bo‘lgan taqdirda ham, bu ko‘pga cho‘zilmaydi – iPhone 12 turkumi taqdimotidan so‘ng Apple savdo ko‘rsatkichlari ortishi aniq.

O‘QING: Redmi eng arzon smartfonini ham eng kuchli modifikatsiyada chiqardi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.