Smartfon batareyalarining sig‘imi oshiriladi

Smartfon batareyalarining sig‘imi oshiriladi

SolidEnergy Systems kompaniyasi tadqiqotchilari smartfon akkumulyatorlarining sig‘imini hozirgilariga nisbatan ikki marta oshirish texnologiyasini yaratishdi. Bunda akkumulyatorning o‘lchami o‘zgarmasdan qoladi.

SolidEnergy Systems batareyalarining asosiy xususiyati litiy folgasida bo‘lib, ushbu materialning yupqa qatlami anod vazifasini bajaradi.

Bu esa batareyani hozirgi uglerod, kremniy va grafendan tayyorlanadigan analoglaridan ikki marta yupqa va yengilroq bo‘lishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, yangi texlonologiyadagi batareyalar yanada xavfsiz bo‘lib, xizmat qilish muddati ham ko‘proq vaqtni tashkil etishi aytilgan.

Kompaniya bunday batareyani iPhone 6 smartfonida sinovdan o‘tkazganligi ma’lum qilingan. SolidEnergy Systems 2017 yildan boshlab telefon, 2018 yilda esa elektromobil ishlab chiqaruvchilari bilan yaqindan hamkorlik qilishni rejalashtirgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.