Smartfon bozoridagi beshta yetakchi: Huawei o‘yindan chiqdi! (2021 yil 1-chorak)

  •   DiMaX
  •  1940
  •  20.04.2021 12:52

Smartfon bozoridagi beshta yetakchi: Huawei o‘yindan chiqdi! (2021 yil 1-chorak)

Kuni kecha biz Master Lu benchmarkiga ko‘ra joriy yilning ilk kvartalidagi eng zo‘r o‘nta smartfon reytingini taqdim etgan edik. Strategy Analytics tahlil agentligi esa xuddi shu davrda dunyo bo‘yicha eng ko‘p telefon sotgan kompaniyalarni e’lon qildi.

O‘QING: TOP-50: eng ishonchli kompaniyalar reytingida Apple atigi 46-o‘rinda!

Hisobotga ko‘ra, yilning birinchi choragida jahon bozorida 340 millionta smartfon sotilgan, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga oshiqdir. Shu tariqa, 2015 yildan beri birinchi rekord qayd etilgan.

Ishlab chiqaruvchilar kesimida qaraganda, Samsung kompaniyasi bu kvartalda 77 millionta smartfon sotib, birinchi o‘rinni olgan. Uning dunyo smartfon bozoridagi ulushi 23 foiz bo‘lsa, sotuv hajmining yillik o‘sishi 32 foizga teng.

Ko‘rib turganingizdek, kuchli uchlikka Apple hamda Xiaomi kompaniyalari ham kirgan. Kupertinolik gigant dunyo bozoriga smartfonlarning 17 foizini (57 millionta) yetkazib bergan va o‘tgan yilning ilk choragiga nisbatan o‘z ko‘rsatkichlarini 44 foizga oshirgan. Xitoylik kompaniyaning yillik o‘sishi ancha shiddatli – naq 80 foizga to‘g‘ri keladi. 49 millionta smartfon sotib, u bozordan 15 foizlik ulushni qo‘lga kiritgan.

To‘rtinchi o‘rinlarda tegishlicha Oppo hamda Vivo kompaniyalarini ko‘ramiz – ular bozorda har biri 11 foizdan joyni egallagan. Bir zamonlar yetakchilikka da’vo qilgan Huawei esa eng sersavdo smartfonsozlar beshtaligidan chiqib ketgan.

O‘QING: Eng innovatsion ellikta kompaniya (BCG reytingi, 2021 yil)