Smartfon bozoridagi eng muvaffaqiyatli kompaniyalar reytingi chiqdi

  •   DiMaX
  •  3429
  •  05.10.2020 17:26

Smartfon bozoridagi eng muvaffaqiyatli kompaniyalar reytingi chiqdi

Yaqinda biz Counterpoint Research tahlilchilari ma’lumotlari asosida avgust oyida sotilgan smartfonlar soniga ko‘ra kompaniyalar reytingini chiqargan edik. Endi esa Visual Captalist marketing tadqiqotlari agentligi joriy yilning ikkinchi choragi bo‘yicha eng muvaffaqiyatli smartfonsozlar reytingini taqdim etishdi.

O‘QING: Dunyodagi eng zo‘r o‘nta smartfon («Roskachestvo» reytingi, 2020 yil sentyabr)

Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni birdaniga ikkita smartfonsoz egallagan. O‘zingiz ham taxmin qilgan bo‘lsangiz kerak – bular Samsung hamda Huawei kompaniyalari bo‘ladi. Visual Captalist hisobotiga ko‘ra, ulardan har biri dunyo smartfon bozorining 20% qismini egallagan.

Apple kompaniyasi 14 foizlik ulush bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, uchinchi pog‘onada 10 foizlik natija bilan Xiaomi turibdi:

Guvohi bo‘layotganingizdek, keyingi o‘rinlardan tegishlicha Oppo (9%), Vivo (8%) hamda Lenovo (3%) kompaniyalari joy olgan. Qolgan barcha smartfonsozlarning bu bozordagi umumiy ulushi 16 foizga teng bo‘lgan.

Visual Captalist mutaxassislari bulardan tashqari yana quyidagilarga e’tibor qaratishgan: smartfon bozorining yarmidan ortig‘ini Xitoy brendlari egallab bo‘lishgan. Mobil operatsion tizimlar bo‘yicha qaraganda esa, bozorning 74 foizini Android, 25 foizini esa iOS boshqaruvli smartfonlar tashkil etgan.

O‘QING: Xitoylik bu kamerofon DxOMark reytingida Galaxy S20 Ultra va Xiaomi Mi 10 Pro’ni ham «yer tishlatdi»!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!