Smartfon displeyidagilarni kompyuterga simsiz uzatishning eng oson yo‘li

  •   DiMaX
  •  9416
  •  05.01.2019 14:52

Smartfon displeyidagilarni kompyuterga simsiz uzatishning eng oson yo‘li

Ba’zida telefoningizga ko‘chirib yoki kamera orqali tushirib olingan suratlar, videolarni do‘stlaringizga yoki ishxonangizdagilarga ko‘rsatishga to‘g‘ri kelib qoladi. Smartfonning kichkina ekranidan ko‘pchilik bo‘lib ko‘rish noqulay, fayllarni kompyuterga ko‘chirish uchun esa kabel yo‘q – shunda nima qilish mumkin?

O‘QING: Kompyuterni Android-qurilma orqali internetga ulaymiz

Shu kabi holatlarda qo‘llanadigan yaxshi va oson usul bor, bu – Screen Cast ilovasini qo‘llashdir. Android-smartfon displeyidagi kontentni kompyuter (noutbuk) ekraniga uzatish uchun, avvalo, bu ikkala qurilma ham bitta Wi-Fi nuqtasiga ulangan bo‘lishi lozim.

Buyog‘iga esa quyidagi qadamlarni amalga oshirasiz:

  1. Smartfonga mana bu havola orqali Screen Cast ilovasini yuklab olasiz. Google Play Market’da uning turli versiyalari bor, orasidan o‘zingizga yoqqan birortasini o‘rnatib olaverasiz.
  2. Screen Cast dasturini ochib, undagi Start tugmachasini bosasiz.
  3. Smartfonning ekrani va kompyuter o‘zaro aloqaga kirishishi uchun, Screen Cast dasturi mediafayllaringizni ko‘rishiga ruxsat (dostup) berasiz.
  4. Telefon displeyiga havola (IP-manzil) chiqadi, unga e’tibor qarating – keyingi qadamda kerak bo‘ladi.
  5. Ayni shu Wi-Fi nuqtasiga ulangan kompyuter yoki noutbukingizda istalgan brauzerni ochasiz. Smartfoningiz displeyiga boya Screen Cast ilovasi chiqargan IP-manzilni kompyuterdagi brauzerning manzil qatoriga kiritib, Enter tugmasini bosasiz.

Bo‘ldi, tayyor! Endi smartfoningizdagi foto yoki videolarni kompyuter ekranida qulay tomosha qilish mumkin.

O‘QING: Kompyuterdagi fayllarni smartfonga Portal orqali ko‘chiramiz – kabelning umuman keragi yo‘q! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.