Smartfon foydalanuvchisi uchun muhim 10 qoida

Smartfon foydalanuvchisi uchun muhim 10 qoida

Smartfonlar bugungi avlodning qadrli va eng yaqin shaxsiy buyumlaridan biri sanaladi. Ularga tobora bog‘lanib qolayotganimiz aslida jiddiy muammo. Undan foydalanishning ham qonun-qoidalari bor. Quyida smartfondan foydalanganda tavsiya etilmaydigan 10 holat to‘g‘risida ma’lumot beramiz.

1. Quvvatlashda haddan tashqari ko‘p qoldirmang.
Smartfonni soatlab rozetkada qoldirmang. Ayniqsa, uyqudan avval, telefonni quvvatlashga qo‘yib, uxlamang. Smartfon to‘lishi bilan uni rozetkadan olib qo‘ying, quvvatlash qurilmasini ham.

2. Smartfonni ko‘ylagingiz cho‘ntagiga solib yurishdan tiyiling.                                                                              Ayrim shifokorlarning fikricha, telefonni shimning cho‘ntagida olib yurish ham xavfli ekan. Buning yurak va jinsiy a’zolar uchun zarar ekani aytiladi.

3. Smartfonni quvvatlash chog‘ida audio-quloqchinni tiqib, musiqa tinglamang yoki suhbat qurmang.
So‘nggi yillarda smartfonni quvvatlashga qo‘yib, elektr tokidan jabr ko‘rgan odamlar to‘g‘risida yangiliklar tarqalmoqda. Smartfonni quvvatlayotib tok urishidan hayotdan ko‘z yumganlar soni ortib bormoqda.

4. Smartfon bilan yonma-yon uxlamang.
Hech qachon smartfonni karavotingizda qoldirib uxlamang. Ayniqsa, uni yostiq ostida qoldirmang. Shifokorlar hozircha smartfondan tarqaladigan to‘lqinning uyqudagi odam miyasiga ta’sir qilishi xususida bahslarga nuqta qo‘yganlari yo‘q. Hech bo‘lmasa, smartfondagi "Samolyot" rejimini yoqing.

5. Smartfonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari tushadigan joyga qo‘ymang. Ayniqsa, quvvatlash chog‘ida.
Smartfonning jiddiy dushmani - issiqlik. Issiqlikning yuqori ekani platforma samaradorligini tushirish barobarida, akkumulyator uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi. Smartfon uchun zarur harorat 0 dan 45 darajagacha bo‘lishi kerak.

6. Smartfon quvvat olayotganda uni yong‘inga chidamsiz yuzaga qo‘ymang.

Yostiq usti yoki ko‘rpa ustida, tez yonuvchi buyumlar yuzasida quvvat olayotgan smartfon - xavfli. Imkon qadar smartfonni yonmaydigan, chidamliroq joyga qo‘ying.

7. Arzon "zaryadka"lardan foydalanmang.

Quvvat oldirgichlarning tok o‘tkazishi farq bo‘ladi. Shu bois, imkon qadar arzon "zaryadka"lardan foydalanmang. Soxta quvvat oldirgichlardan foydalanish - katta xavf!

8. Smartfon quvvat olayotganda nam yoki ho‘l qo‘lda uni tutmang.

Bizga bolalikdan nam yoki ho‘l qo‘l bilan tokka tegmaslik o‘rgatib kelingan. Bu qoidaga smartfon quvvat olayotganda ham amal qilish - maqsadga muvofiq.

9. Smartfonni "qulflab" yurishni odat qiling.
Undagi shaxsiy ma’lumotlarning doimo xavfsiz bo‘lgani yaxshi.

10. O‘zingiz bilmagan va shubhali fayllarni, ilovalarni yuklab, ulardan foydalanishga uringmang.
Bugungi zamonda hakkerlar xuruji tobora kuchaymoqda. Ularning boshmaqsadi insonlarning smartfon tizimiga kirish hamda undagi bankyoki plastik karta ma’lumotlarini o‘g‘irlab, pullarni o‘g‘irlash. Buning uchun esa virusli fayllar tayyorlanadi. Siz ilova yoki faylni yuklayotganda bu tavsiyamizni unutmang.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!