Smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniya egasining o'zi qanday telefondan foydalanadi?

Smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniya egasining o'zi qanday telefondan foydalanadi?

Barchamiz turli kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladigan, eng so'nggi modeldagi, kuchli smartfonlardan foydalanishni xohlaymiz/foydalanamiz. Lekin hech o'ylab ko'rganmisiz, smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniya egasining o'zi qanday modeldagi telefondan foydalanadi?

Dunyodagi uchinchi eng taniqli smartfon brendi bo'lgan Xiaomi'ning rahbari Ley Jun yaqinda o'zining rasmiy Weibo sahifasida qaysi smartfon modellaridan foydalanishini ma'lum qildi. Qizig'i shundaki, Ley Jun faqat bitta smartfon bilan cheklanib qolmagan, u bir vaqtning o'zida naqd to'rtta telefonlardan foydalanadi.

Albatta, qurilmalarning to'rttalasi ham xitoylik kompaniyaning portfoliosiga tegishli va ular: bugungi kundagi Xiaomi'ning o'n ikkinchi avlod flagmani, ya'ni Xiaomi 12, o'tgan yilning eng top modeli bo'lgan Xiaomi Mi 11 Ultra, yaqinda taqdim qilingan va unchalik qimmat bo'lmagan Redmi Note 11T Pro va kompaniyaning eng "yosh" smartfoni, Xiaomi Civi bo'lib, bu telefonlar Ley Jun stoli ustida joylashgan va u ko'pincha ulardan bir vaqtning o'zida foydalanadi.

Ko'pchilik kutgan bo'lishi mumkin, lekin bu yerda siz Xiaomi 12 Ultra uchun ishora ko'rmaysiz. Shuningdek, Xiaomi rahbari Bill Geyts kabi katta va buklanadigan ekran ishqibozi emasga o'xshaydi, smartfonlar orasida Xiaomi'ning bitta-yu bitta bo'lgan Mi Mix Fold buklamafoni ham mavjud emas.

Ley Jun ulardan qay tartibdi yoki qaysi vaqtlarda foydalanishini ma'lum qilmagan. Ehtimol, gigant kompaniya rahbari rejalariga yoki kayfiyatiga qarab ulardan birma-bir foydalanishi mumkin.

O'QING: Poco yangi smartfon chiqarmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!