Smartfon ishlatish umrimiz davomida bizga qanchaga tushadi?

Smartfon ishlatish umrimiz davomida bizga qanchaga tushadi?

Agar 1000 dollarlik smartfonni qimmat deb o‘ylasangiz, shoshilmang.

Narxlarni taqqoslash sayti Flipsy ma’lumotlariga ko‘ra, operator to‘lovlari va ilovalar xaridlarini ham inobatga olsak, oddiy smartfondan foydalanish uchun rivojlangan davlatlar, jumladan, AQSh aholisi umri davomida 75 000 dollar sarflaydi.

Bu raqamlar smartfonga ketadigan sarf-xarajatlarni kategoriyalarga bo‘lib chiqish orqali olindi.

Smartfonning umumiy narxi
Agar birinchi smartfoningizni o‘rtacha 18 yoshingizda sotib olib, 78 yoshingizga qadar uni har 32 oyda yangi modelga almashtirsangiz, umringiz davomida jami 22 ta smartfon ishlatgan bo‘lasiz. (Ma’lumot uchun, 78 yosh AQShda aholining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi hisoblanadi.) Har bir smartfon sizga 567 dollarga tushsa, 22 ta smartfon narxi umr davomida 12 474 dollar bo‘ladi.

Operator xizmatlari ham arzon emas (bu yerda AQShdagi o‘rtacha narxlar inobatga olinmoqda). Flipsy'ning taxminiy hisob-kitobicha, oddiy odam oyiga 80 dollar operator xizmatiga to‘lasa, 60 yil davomida 57 600 dollar pul sarflagan bo‘ladi.

Ilovalar
Sensor Tower Store'ning ma’lumot berishicha, oddiy iPhone foydalanuvchisi premium ilovalar va ilova ichki xaridlari uchun yillik ravishda o‘rtacha 88 dollar sarflaydi. Bu esa butun umr davomida 5280 dollarga teng bo‘ladi.

Quyida Flipsy hisoblab chiqqan narxlarni o‘n yilliklar kesimida ko‘rib chiqamiz. Ya’ni bu yerda 10, 20, 30 va h. yil davomida telefondan foydalanishning umumiy narxi ko‘rsatilgan:

•10 yil: 12 559 dollar;
•20 yil: 25 118 dollar;
•30 yil: 37 677 dollar;
•40 yil: 50 236 dollar;
•50 yil: 62 795 dollar;
•60 yil: 75 354 dollar.

O‘QING: 30 aprelgacha For the King o‘yinini bepul olib ulguring! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!