Smartfon, kompyuter va boshqa elektrotexnika jihozlari importini cheklashlari mumkin!

  •   DiMaX
  •  1693
  •  20.09.2019 17:27

Smartfon, kompyuter va boshqa elektrotexnika jihozlari importini cheklashlari mumkin!

«O‘zstandart» agentligi O‘zbekistonga elektrotexnika olib kirishning yangi tartibini joriy etish taklif qilinayotgan Vazirlar Mahkamasi qarorini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Bu xususda Spot nashriga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.

O‘QING: Yana ikkita shahrimizda «Yandeks.Taksi» ish boshladi, lekin Toshkent hokimi o‘rinbosari unga qarshi!

Ushbu taklifga muvofiq, respublika hududlarida kamida bitta servis markaziga ega bo‘lgan zavodning rasmiy vakillari yoki ishlab chiqaruvchining rasmiy dilerlari elektrotexnika mahsulotlarini mamlakatga olib kirish bilan shug‘ullana oladi. Yangi tartibni 2020 yilning 1 yanvaridan joriy etish taklif qilinmoqda.

Yangi tartib qo‘llaniladigan elektrotexnika vositalari ro‘yxati ham keltirilgan:

  • Muzlatgich va sovutgichlar
  • Ventilyatorlar
  • Konditsionerlar
  • Idish-tovoq va kir yuvish mashinalari
  • Elektr jihozlari
  • Transformatorlar
  • Changyutgichlar
  • Monitor va proyektorlar
  • Mobil telefonlar
  • va boshqalar.

Spot bilan suhbatlashgan bozor ekspertlari, agar hujjat ushbu shaklda qabul qilinsa, bu butun bozorga ta’sir qilishini aytgan.

Misol uchun, Apple mahsulotlari Amerika kompaniyasining vakillari tomonidan import qilinishi kerak va har bir mintaqada kamida bitta Apple xizmat ko‘rsatish markazi paydo bo‘lishi kerak. Boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan ham xuddi shunday.

O‘QING: Mobil qurilmalarning pulli asosda ro‘yxatga olinish sanasi rasman e’lon qilindi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!