Smartfon nega qizib ketadi? Mutaxassis telefonni saqlab qolish chorasini aytdi

  •   DiMaX
  •  2573
  •  27.10.2020 12:42

Smartfon nega qizib ketadi? Mutaxassis telefonni saqlab qolish chorasini aytdi

Ishlatish jarayonida smartfonning yengil isishi xavotirli emas, biroq qo‘lda tutish noo‘ng‘ay darajagacha qiziy boshlasa, biron chora ko‘rmasangiz bo‘lmaydi. Bu haqda «Praym» agentligi ma’lumotiga asoslanib Xabar.uz yozmoqda.

O‘QING: Eng qizib ketuvchi va eng qizimaydigan smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil 2-chorak)

«Roskachestvo» raqamli mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha katta mutaxassisi Sergey Kuzmenko bu borada kerakli maslahatlarni bergan. Unga ko‘ra, protsessor, batareya yoki displeydagi muammolar — telefon qizib ketishining bosh sababchilaridir. Yuqori harorat har doim ham detallarning nosozligidan dalolat emas, biroq shunga olib kelishi mumkin.

«Uzoq vaqt o‘yin o‘ynalsa, oqimli kontentdan (video) foydalanilsa yoki sozlamalarning joyida emasligi telefonning qizishiga olib keladi. Qolaversa, ob-havo, harorat kabi tashqi omillar ham qurilmaning qizishiga sababchi bo‘lishi mumkin», — tushuntirdi mutaxassis.

O‘QING: Mutaxassislar iPhone’ni tun bo‘yi quvvatlashga qo‘yish haqida kutilmagan maslahat berishdi!

Mutaxassis eski telefonlarning ko‘proq qizishi sababini ham tushuntirdi — zamonaviy ilovalarni yangilab olish uchun ular ko‘proq resurs sarflaydi.

«Mabodo telefon qiziy boshlasa, o‘chirib, qayta yoqing, ortiqcha, ko‘p ishlatilmaydigan funksiyalarini, masalan, GPS va Bluetooth kabilarni o‘chirib qo‘ying. Smartfon operativ xotirasini tozalab beruvchi dasturlardan foydalaning. Kuchsiz smartfonlarga og‘ir (ko‘p resurs sarflovchi) o‘yinlar o‘rnatmang», — maslahat berdi Kuzmenko.

O‘QING: Ekspertlar: «Ushbu 21 ta ommabop o‘yinni smartfondan tezda o‘chirib qutuling!»

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!