Smartfon o‘rniga soda: onlayn xaridda aldanib qolmang!

  •   DiMaX
  •  1161
  •  15.01.2019 14:14

Smartfon o‘rniga soda: onlayn xaridda aldanib qolmang!

Hozirda internet-do‘konlar ancha rivojlangan, ularning qulayliklari ko‘p, ammo aldovlar ham uchrab turadi. Jumladan, bunday holatlar O‘zbekistonda ham qayd etilgan.

O‘QING: OLX.UZ’dagi arzon ayfonga uchib, 500 dollarga chuv tushgan hamyurtimiz

O‘nlab rossiyaliklar techno-magazin.com internet-do‘konidagi aldovga chuv tushayotgani ma’lum bo‘ldi. Firibgarlar asosan «Yandeks.Direkt» orqali e’lon berishadi, natijada Yandeks tizimi orqali smartfon izlaganda ushbu e’lonlar ko‘rsatiladi.

Techno-magazin.com esa arzon narxlar bilan sodda kishilarni «qarmog‘iga ilintirib» olib, pulini to‘lagan xaridorlarga smartfon o‘rniga uning qadog‘idek shaklga va vaznga ega boshqa narsalar jo‘natyapti. Ular xaridor jo‘natmani pochtaning o‘zida tekshirib olmasligidan umid qilishgan – uyiga borib ochganidan so‘ng, buni aldov ekanini isbotlab bo‘lmaydi.

O‘QING: AliExpress’dagi soxta «chegirma»lar: onlayn savdoda sizni qanday laqillatishadi?

Masalan, ayrimlarga xuddi smartfon qadog‘idek o‘lchamga, shaklga va vaznga ega iste’mol sodasi kelgan:

Biz ham muxlislarimizga onlayn xaridlarda ehtiyot bo‘lishlarini va faqat sinalgan internet-do‘konlardan xarid qilishlarini eslatib o‘tmoqchimiz. Masalan, saytimizning Terashop.uz internet-do‘koni tegishli kafolatga ega bo‘lgan tovarlarni sotuvga qo‘ygan, tag‘in xaridlar poytaxtdagi mijozlarga hamda viloyat markazlarigacha bepul eltib beriladi.

O‘QING: Ehtiyot bo‘ling! Internetda firibgarlik ko‘paymoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!