Smartfon qizib ketyaptimi? Unga kriptovalyuta virusi tushgan bo‘lishi mumkin!

  •   DiMaX
  •  3115
  •  06.09.2018 16:10

Smartfon qizib ketyaptimi? Unga kriptovalyuta virusi tushgan bo‘lishi mumkin!

ESET kompaniyasining aniqlashicha, Play Market ilovalar katalogiga joylangan Bug Washer ilovasida maxfiy mayner bor ekan. Ushbu dastur allaqachon 5 million martagacha ko‘chirib olingan (aniq soni sir tutilmoqda).

O‘QING: Yong‘in, qarz va qamoq: qismatni qora qilgan kriptovalyuta

Aniqlangan ushbu virus xakerlar foydasiga kriptovalyuta mayning qilish uchun qurilmaning kuchini sarflaydi. Bu esa smartfonning qizib ketishiga, samaradorligi pasayishiga va trafik haddan tashqari ko‘p sarflanishiga sabab bo‘ladi. Hatto akkumulyatorni ishdan chiqarib, yonib ketishiga ham olib kelishi mumkin.

Yashirin maynerlarning muammoli tomoni shundaki, ularni aniqlash o‘ta mushkul. Modomiki Play Market do‘koniga o‘rnatilgan antivirus buni uddalay olmadimi – qolganlaridan umid qilmay qo‘yaversangiz ham bo‘ladi. Ehtimol, Bug Washer – bu katalogdagi ziyonkor virusi mavjud bo‘lgan yagona ilova emasdir.

Smartfonga mayner virus o‘rnashib olganligini ham bilish qiyin. Bunda biror ilovaning akkumulyator quvvatini odatdagidan ko‘proq sarflashiga e’tibor qaratish lozim. Ayniqsa, fon rejimida u ancha faol bo‘lsa, shu dasturdan voz kechganingiz ham ma’qul.

O‘QING: Aldanganlar anchagina: firibgarlar Google Play’da Ethereum tokenini 388 dollardan taklif etmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!