Smartfon romantik munosabatni yo‘qqa chiqaradi

Smartfon romantik munosabatni yo‘qqa chiqaradi

Texas olimlari smartfon yaqin insonlar orasidagi munosabatni buzib qo‘yish xavfi borligini aniqlashdi. Asli bu ko‘pchiligimizga tanish holat bo‘lsa-da, mutaxassislar unga “fabbing” deya nom berishgan. Bu atama 2007 yilda “aqlli telefonlar” ommalashgach, paydo bo‘lgan ( «phubbing» inglizcha so‘z, phone telefon va snubbingquduq tubiga bosim bilan kirish, degani).

Aniqlanishicha, zaruratsiz smartfonga “sho‘ng‘ib ketish” yaqin insonlar o‘rtasidagi munosabatga putur yetkazadi. Ekspertlar 450dan ortiq ko‘ngilli ustida tajriba o‘tkazishdi. Ularning 46 foizi qo‘lida doimo smartfonlarini tutgancha o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar va xabarlarni ko‘rish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Ko‘ngillilarning o‘zlari ham bu odat oilaviy mojarolarni juda ko‘p keltirib chiqarganini tan olishdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!