Smartfon sanoatida hayratomuz devays kutilmoqda

Smartfon sanoatida hayratomuz devays kutilmoqda

Tasdiqlangan xabarlarga ko‘ra, 2018 yilning boshida jahon smartfon sanoatida yana bir innovatsion flagman smartfon taqdim qilinadi. Yangi devays Huawei tomonidan ishlab chiqariladi va "P11" deb nomlangan. Bu apparat kompaniyaning eng kuchli jihatlarga ega uchinchi so‘nggi flagmani bo‘ladi. 8 yadroli, "sun’iy aql" texnologiyasiga ega HiSilicon Kirin 970 protsessorining smartfondagi muhim innovatsiya.

Qolaversa, uning bosh kamerasida naq 3 ta sensor o‘rnatiladi. Gap shundaki, bu kameralar yordamida 40 megapiksel sig‘imli yorqin suratlar olish mumkin!

O‘qingHuawei P11 taqdimoti haqida Bryus Li ma’lum qilgan

Va, albatta, romdan to‘liq voz kechgan ekran bilan Huawei P11 jozibador ko‘rinishda bo‘ladi. Telefon old panelning "peshonasida" iPhone X'niki kabi, biroq undan ixchamroq o‘yiq bo‘ladi.

Bugun Huawei P11 ilk marotaba to‘liq masshtabda ko‘rinish berdi. Garchi, bu suratlar ma’lumotlar asosida ishlab chiqarilgan bo‘lsa ham, insayderlarning fikricha, bo‘lajak flagman aynan shu ko‘rinishda bo‘ladi. Uning old paneli qisman iPhone X'ni eslatsa ham, orqa panel Huawei kompaniyasining uslubida tayyorlangan.

Oldindan tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Huawei P11 smartfonining 5,8 dyuymli AMOLED-ekrani 2244 x 1080 piksellar sig‘imiga ega bo‘ladi. Undagi neyronli NPU yordamchi protsessori, 8 GB tezkor va 128 GB doimiy xotira, 40 Mp bosh va 23 Mp old kamera, tezkor quvvat olish xususiyatiga ega 4000 mA soat sig‘imli akkumulyator batareyasi, USB Type-C universal porti, Android 8.0 Oreo operatsion tizimi flagmanning ilg‘orligiga xizmat qiladi.

3 ta kamera Huawei P11'ga ob’yektni 5 karra optik yaqinlashtirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda bu borada eng mohir flagmanlar 2 karralik shunday yaqinlashtirish funksiyasiga ega. Demak, Huawei P11 chinakam fotoflagman bo‘ladi. Ekspertlarga ko‘ra, u surat olishda iPhone X, Samsung Galaxy Note 8, Google Pixel 2 XL yoki o‘z "qarindoshi" bo‘lmish Huawei Mate 10 Pro'ni ham dog‘da qoldiradi.

Narx borasida hozircha ma’lum, ammo tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, oddiy talqindagi Huawei P11 $649, yirik displeyli Huawei P11 Plus esa $709 dollardan sotuvga chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.