Smartfon, smart-soat, smart-uy, ana endi smart ko‘ylak ham chiqibdi! (Video)

Smartfon, smart-soat, smart-uy, ana endi smart ko‘ylak ham chiqibdi! (Video)

Texnologiyalar kundan-kunga dunyoni o‘zgartirmoqda. AQShning Arrow brendi erkaklarning smart ko‘ylagini yaratdi. Ko‘ylakning bilak qismidagi yengiga NFC teg o‘rnatilgan. Ko‘ylakning texnologik imkoniyatlaridan foydalanish uchun smartfonga Arrow mobil ilovasini (hozircha faqat Android uchun) yuklab olish zarur. Shundan keyin bevosita ko‘ylakdagi NFC tegdan ijtimoiy tarmoqlardagi profillarni ulashish, musiqa qo‘yish, sevimli ilovalarni ishga tushirish va Bluetooth orqali boshqa qurilmalarga ulanish mumkin bo‘ladi. Buning uchun smartfonni ko‘ylak yengiga tekkizish kifoya. Shuningdek, ko‘ylakdan smartfondagi rejimlarni ham boshqarish imkoniyati  mavjud.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!