Smartfon xaridi uchun kredit olib bo‘ladimi?

  •   DiMaX
  •  2014
  •  08.05.2019 16:21

Smartfon xaridi uchun kredit olib bo‘ladimi?

Joriy yilning may holatida qariyb ikki yarim ming nafar tomorqa egasiga yetti foizli kreditlar berildi. Agarda keyingi bir yilning hisoblasak, ularga qariyb 150 milliard so‘m miqdorida sarmoyalar berildi, deb yozadi O‘zA.

O‘QING: Endi o‘z kredit tarixingizni onlayn olishingiz mumkin

Bu – O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining faoliyatidan bir lavha, xolos, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 apreldagi qaroriga asosan O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzurida Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan edi. Ushbu jamg‘arma yuriskonsulti, yuridik fanlar nomzodi (PHD) Mars Mamayusupov, jumladan, jamg‘arma kreditlari qanday maqsadlar uchun berilmasligini ham ma’lum qilgan.

Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyat turlariga, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo-vositachilikni amalga oshirish, ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish, ma’muriy xarajatlarni to‘lash, jumladan xizmat avtomobillari ta’minoti, mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga to‘lov maqsadlari uchun ajratilmas ekan.

Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa kreditga emas-u, ammo plastik kartochka, onlayn to‘lov tizimlari va naqd pul orqali turli uyali telefonlar, planshetlar, noutbuklar, televizorlar, kameralar, turli maishiy texnika jihozlari va aksessuarlar sotib olish mumkin.

O‘QING: Galaxy S10+ 5G bilan bellashuvchi Galaxy A70 ham Terashop.uz’ga yetib keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 7 may)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!