Smartfondan ko‘p foydalanish suiqasdga boshlaydi

Smartfondan ko‘p foydalanish suiqasdga boshlaydi

"Bugun bir guruh amerikalik ruhshunos olimlar favqulodda bayonot bilan chiqish qildilar", deya xabar bermoqda Clinical Psychological Science jurnali. Tadqiqotchilarning so‘zlariga 506 820 nafar ishtirokchi o‘rtasidagi so‘rov natijalari smartfon inson ruhiyatini varon qilishini isbot qilgan. Bundan, ayniqsa qurilmalardan ko‘proq, bir kuna 5 soatdan oshiq foydalanuvchi o‘smirlarning ongi qattiq zararlanadi.

So‘rovlar AQSh ning Monitoring the Future va Youth Risk Behavior Surveillance System tizimlari orqali maktab o‘quvchilari o‘rtasida ham o‘tkazilgan.13 va 18 yoshda bo‘lgan qatnashchilarning javoblari tahlil qilinganida, 2010 yildan so‘ng, ya’ni smartfondan foydalanish shiddat bilan ommalasha boshlagan davrdan boshlab o‘smirlar o‘rtasida tushkun va o‘z joniga qasd qilish kayfiyati keskin ko‘tarilib ketgan. O‘sha yillarda iPhone 4 taqdimoti katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan va smartfon barcha egalik qilishni xohlagan birdan-bir vositaga aylangan edi.

Respondent o‘smirlarning 48% qismida o‘z joniga qasd qilish moyilligi aniqlangan. Va, ularning barchasi smartfon, planshet hamda kompyuterdan kuniga 5 soatdan oshiq foydalanuvchilar bo‘lishgan. Smartfondan bir kunda 1 soatdan kamroq foydalanuvchi odamlarda joniga qasd qilish moyilligi juda past bo‘lgan.

Smartfondan kun mobaynida uzundan uzoq foydalanish inson ruhiyatini izdan chiqaradi. Shuningdek, undan unumli foydalanish inson sog‘ligini yaxshilab, umrini uzaytiradi. Shu bois, olimlar gadjetlardan ish maqsadida foydalanish, bo‘sh vaqtda esa sport va boshqa jismoniy mashg‘ulotlar bilan foydalanishni, do‘st-yaqinlar bilan ko‘proq jonli muloqotda bo‘lishni maslahat berishmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!