Smartfonga o‘rnatiluvchi yangi ko‘chma test koronavirusni yarim soatdayoq aniqlaydi!

  •   DiMaX
  •  1188
  •  25.04.2020 09:53

Smartfonga o‘rnatiluvchi yangi ko‘chma test koronavirusni yarim soatdayoq aniqlaydi!

Illinoys universiteti olimlari koronavirus infeksiyasini aniqlovchi yangicha test moslamasini ishlab chiqishdi. Smartfonga mahkamlanuvchi bu ko‘chma test narxi atigi 50 dollarga teng.

O‘QING: Koronavirusning «ovozi»ni yozib olishdi – klassik musiqaga o‘xshaydi!

Yangi uskuna klipsa shaklida yasalgan bo‘lib, datchigini kamerasiga to‘g‘rilagan holda smartfonga mahkamlanadi.

Klipsaning o‘zi reagentli kartridjdan iborat bo‘lib, biomaterialni kiritish uchun portga ega. Biomaterial sifatida kasallikka gumonlangan kishining qon tomchisi yoki burun shilliq qavatidan namuna olinadi va portga joylanadi.

O‘QING: Inha universiteti talabalari sensorli «aqlli niqob» ixtiro qilishdi

Test davomida patogen ko‘payadi, yorug‘lik-diodli chiroqda esa virus RNKlari yashil rangda ajralib ko‘rinadi. Shuning evaziga ularni smartfon kamerasida oddiy ko‘z bilan ko‘rsa bo‘ladi. Yangi moslamada test jarayoni yarim soat vaqt oladi. Uning ijodkorlari ta’kidlashicha, bunday qurilmani, masalan, xavfni kamaytirish uchun samolyotga chiqish oldidan qo‘llash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha mobil ilovali koronavirus testi yaratilgan, yana kishida koronavirus bor-yo‘qligini endi Siri ham aytib bera oladi. O‘zbekistonda rasmiy http://coronavirus.uz/uz veb-sayti tashkil qilingan hamda unda dastlabki testni endi internet orqali topshirish mumkin. Shuningdek, «Coronavirus Yordam» nomli yangi Telegram-bot orqali ham test topshirsa bo‘ladi.

O‘QING: Koronavirus epidemiyasini Bill Geyts bundan 5 yil avval bashorat qilgan! (2 ta video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!