Smartfoningiz haliyam suvga chidamlimi yoki yo‘q? Bu ilova masalaga oydinlik kiritadi

Smartfoningiz haliyam suvga chidamlimi yoki yo‘q? Bu ilova masalaga oydinlik kiritadi

Ko‘plab yuqori toifa va premium o‘rta toifa smartfonlar IP bo‘yicha suv va changdan ma’lum darajada himoyalangan. IP daraja qurilmangiz suv va changga qanchalik bardoshli ekanini ko‘rsatib beradi.

O‘QING: IP daraja nima?

Biroq agar smartfoningiz ta’mirlangan yoki bir necha yil oldin chiqqan bo‘lsa, qurilma siz o‘ylagan darajada suvdan himoyalangan bo‘lmasligi mumkin.

Smartfonni faqatgina suvga solib ko‘rish bilan uning suv omilidan himoyasi hali ham ish berayotganini bilish mumkin. Agar portlarni berkitib turuvchi muhrlar o‘z sifatini yo‘qotmagan bo‘lsa, xursand bo‘lavering; aks holda, sevimli do‘stingiz bilan xayrlashishga tayyorlaning.

Lekin hozirga kelib deyarli har qanday tipdagi ilovani topish mumkin. Xuddi shunday, smartfoningiz hali ham suvdan himoyalangan yoki himoyalanmaganini aytib beruvchi ilova bormikin? Qiziq.

Ha, xuddi shunday ilova bor! Water Resistance Tester ilovasi ayni vazifani bajarish uchun yaratilgan. Ray W tomonidan yaratilgan mazkur dastur smartfondagi barometrik bosim datchiklaridan olingan ma’lumotlardan foydalangan holda qurilmaning suvga chidamlilik borasida asosli taxminini taqdim qiladi.

O‘QING: Suv tubida sakkiz oy jon saqlagan smartfon o‘z egasini ham hayratga soldi!

Dasturni ishga tushirganingizda, ilova bir-ikki daqiqa smartfondan foydalanishni to‘xtatishingizni so‘raydi. Bu davr ichida datchik boshlang‘ich nuqtani o‘lchash uchun kalibrlanadi. Shundan so‘ng, ekranning ikki nuqtasiga har ikki bosh barmog‘ingiz bilan qattiq bosishingiz so‘raladi. Ilova bosimlar o‘rtasidagi tafovutni o‘lchab, smartfonning suvga chidamlilik darajasini aniqlaydi.

Bu konsepsiya to‘g‘ri ishlaydi. O‘zingiz ham buni sinab ko‘rish uchun suvdan himoyalangan smartfonni olib, undagi SIM karta lotokini chiqarib, ilovani ishga tushiring. Lotok chiqarilganda, ilova manfiy natija ko‘rsatadi.

Ilova ba’zan nomutanosib natijalarni ko‘rsatadi. Ayni bir xil Samsung Galaxy smartfonida ketma-ket o‘tkazib ko‘rgan sinovlarimizda ham musbat, ham manfiy natija oldik. Shuning uchun, ilova smartfoningiz suvdan himoyalangan degan natijani bersa ham, bunga to‘liq ishonishni maslahat bermaymiz. Ilova yaratuvchisining o‘zi ham dastur ko‘rsatgan natijalarga kafolat bermaydi.

Water Resistance Tester ilovasi Play Store'da mavjud. Ichki reklamalarni 0.99 dollar evaziga olib tashlash mumkin.

O‘QING: Jonli test videosi: iPhone 12 va iPhone 11 suv ostida sinab ko‘rildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.