Smartfoningizda josuslik qilayotgan oltita antivirus

  •   DiMaX
  •  2387
  •  12.11.2019 11:54

Smartfoningizda josuslik qilayotgan oltita antivirus

VPNPro kompaniyasi mutaxassislari Android operatsion tizimi uchun ishlab chiqilgan ommabop antivirus-ilovalardan o‘n beshtasini tekshirib ko‘rishdi. Ma’lum bo‘lishicha, ulardan ayrimlari o‘zining ishlashi uchun umuman kerak bo‘lmaydigan funksiyalarga kirishga ham ruxsat olar ekan.

O‘QING: Smartfon uchun antivirus kerakmi?

Test qilib ko‘rilgan 15 ta antivirus va tozalovchi ilovadan oltitasi smartfonning kamerasi va mikrofoniga, qo‘ng‘iroqlarga, SMS-xabarlarga va ichki xotiraga kirish uchun ruxsat so‘rashi aniqlangan. Bularga kirish imkoniga ega bo‘lgach, mazkur dasturlar foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini kuzatishlari va o‘z ishlab chiquvchilariga jo‘natishlari mumkin.

Mana, potensial xavfli tozalovchi ilovalar ro‘yxati:

  1. Security Master — 500 million marta o‘rnatib olingan;
  2. Antivirus Free 2019 — 10 million marta o‘rnatib olingan;
  3. Virus Cleaner 2019 — 50 million marta o‘rnatib olingan;
  4. Max Security Virus Cleaner, Antivirus, Cleaner — 50 million marta o‘rnatib olingan;
  5. Super Phone Cleaner, Virus Cleaner, Phone Cleaner — 50 million marta o‘rnatib olingan;
  6. Clean Master — 1 milliard marta o‘rnatib olingan.

To‘g‘ri, kompaniya ekspertlari bularning haqiqatan ham josuslik qilayotganiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalil topa olmagan. Ammo antiviruslar amalda o‘zlariga kerak bo‘lmagan imkoniyatlarga ham ruxsat olishlarining o‘ziyoq ularning tizim imkoniyatlarini suiiste’mol etishlaridan darak berayotir. Shaxsiy ma’lumotlarning niqoblangan holda uzatilayotgan bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas.

VPNPro mutaxassislari tekshiruv natijalarini Google’ga taqdim etgach, qidiruv giganti ularni Play Market’dan o‘chirib tashlagan. Biroq ular shu paytgacha o‘rnatib olgan foydalanuvchilarning qurilmalarida, shuningdek boshqa ilovalar do‘konlarida qolgan.

Shularni e’tiborga olib, VPNPro eksretlari faqat nufuzli va ishonchli (masalan, Avast, Avira, «Kasperskiy laboratoriyasi» va Dr. Web taqdim etayotgan) antiviruslardan foydalanishni tavsiya qilishadi.

O‘QING: Ogoh bo‘ling: Google Play'dan 100M+ yuklangan ilova virus tarqatmoqda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!