Smartfoningizda Speedtest bo‘lsa, endi boshqa VPN-ilovaning keragi yo‘q!

  •   DiMaX
  •  2905
  •  26.12.2019 13:34

Smartfoningizda Speedtest bo‘lsa, endi boshqa VPN-ilovaning keragi yo‘q!

Internet tezligini o‘lchovchi  Speedtest  servisi sohibi – Ookla kompaniyasi endi Speedtest VPN nomli servisni ham ishga tushirdi. Ushbu yangi VPN-servis kompaniya iOS hamda Android-qurilmalar uchun taqdim etgan Speedtest ilovalarining o‘ziga joriy etilgan.

O‘QING: VPN nima o‘zi?

Speedtest VPN xizmati ham deyarli barcha VPN mobil ilovalari kabi ishlaydi: unda ulanishni initsiatsiyalash tugmachasini bosib, VPN orqali bog‘lanishni tasdiqlaysiz. Keyin smartfoningizdagi barcha trafik Speedtest serveri orqali o‘tadi.

Uning boshqa VPN xizmatlaridan ustunligi – tezlikning yuqori ekanligidadir. Zero, Speedtest trafikni optimizatsiyalash uchun yuklamani sayyoraning turli hududlarida joylashgan serverlari o‘rtasida taqsimlaydi.

O‘QING: O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda nechanchi o‘rinda?

Beta-test bosqichida Speedtest VPN cheklanmagan miqdorda bepul foydalanish mumkin, ammo bu davr tugagach, yangi shartlar amal qiladi. Unda pulli obunani rasmiylashtirib, cheksiz foydalanishingiz mumkin bo‘ladi; to‘lovsiz esa uning VPN-serveri orqali oyiga faqat 2 gigabaytgacha trafik ishlata olasiz.

Ookla kompaniyasidan ta’kidlashlaricha, Speedtest VPN foydalanuvchilarning harakatlarini yozib olmaydi va trafigini saqlamaydi. Bu ma’lumotlarga hatto uning xodimlari ham kira olishmaydi.

Agarda siz ham Speedtest VPN servisini sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ayfonga mana bu, Android-smartfonga esa mana bu havolalar orqali Speedtest ilovasini yuklab (yoki yangilab) oling.

O‘QING: O‘zbekistonda VPN va Proxy’dan foydalanganlik uchun jazo belgilandimi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!