Smartfoningizdagi 19 ta xavfli ilova: Facebook, Messenger, Shareit...

  •   DiMaX
  •  5554
  •  23.11.2019 17:50

Smartfoningizdagi 19 ta xavfli ilova: Facebook, Messenger, Shareit...

Pavel Durov kuni kecha himoyasidagi zaifliklar sababali WhatsApp messenjerini smartfonlardan o‘chirib tashlashni maslahat bergan edi. Axborot xavfsizligi yo‘nalishidagi CheckPoint kompaniyasi aniqlashicha, bundan boshqa ham xavfli Android-ilovalar ko‘p ekan.

O‘QING: Instagram’dagi yopiq profillarni ham ko‘rish yo‘li topildi!

Mutaxassislarning aniqlashlaricha, eng ko‘p ishlatiladigan va muntazam yangilanib turuvchi o‘n to‘qqizta dasturning himoyasida tirqishlar mavjud. Ulardan ayrimlari ikki-uch yil avval aniqlangan bo‘lsa-da, ilovalarning egalari yoki ishlab chiquvchilar haliyam bu nuqsonlarni bartaraf etmaganlar.

Mana, CheckPoint ekspertlari aniqlagan, potensial xavfli ilovalar ro‘yxati:

  1. Facebook
  2. Facebook Messenger
  3. Shareit
  4. Mobile Legends: Bang Bang
  5. Smule
  6. JOOX Music
  7. WeChat
  8. LiveXLive
  9. Motorcycle BETA
  10. Yahoo! Transit
  11. Yahoo! Browser
  12. Yahoo! MAP
  13. Yahoo! Car navigation
  14. AliExpress
  15. Video MP3 Converter
  16. Lazada
  17. VivaVideo
  18. Retrica
  19. TuneIn

Google allaqachon bu ish bo‘yicha tekshiruv boshlagan, Facebook kompaniyasi esa o‘z ilovalari uchun tegishli yangilanishlarni chiqarganini aytmoqda.

O‘QING: Asus, Samsung, Sony va Xiaomi: Zavoddanoq xavfli dasturlar o‘rnatilgan 32 ta smartfon

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.