Smartfoningizdagi fonarik ilovasi ham josuslik qiladi – ularning TOP-o‘ntaligi

  •   DiMaX
  •  3288
  •  13.09.2019 15:35

Smartfoningizdagi fonarik ilovasi ham josuslik qiladi – ularning TOP-o‘ntaligi

Avast kompaniyasining mutaxassislari Android tizimi uchun ishlab chiqilgan tunchiroq (fonarik) ilovalarini o‘rganib chiqishdi. Aniqlanishicha, ular smartfonlardagi turli funksiyalar va ma’lumotlarga kirish uchun o‘rtacha 25 ta ruxsat so‘raydi.

O‘QING: Smartfon – qo‘yningizdagi josus bo‘lmasin

Avast ekspertlari xavflarni tahlil qiluvchi apklab.io platformasi yordamida Google Play Store’dagi naq 937 ta tunchiroq dasturini o‘rganib chiqishdi. Ular orasida mazkur katalogdan hozirda yuklab olish mumkin bo‘lmaganlari ham bor. Natijalarga ko‘ra, 408 ta ilova atigi 10 tagacha ruxsat so‘raydi, 267 ta dastur esa 11 dan to 49 tagacha, 262 tasi esa 50 dan to 77 tagacha funksiya va ma’lumotlarga kirish ruxsatini so‘rar ekan.

Quyida eng ko‘p ruxsat so‘raydigan fonarik ilovalarining o‘ntasi keltirilgan:

  1. Ultra Color Flashlight – 77 ta ruxsat – 100,000 marta yuklangan
  2. 2. Super Bright Flashlight – 77 ta ruxsat – 100,000 marta yuklangan
  3. 3. Flashlight Plus – 76 ta ruxsat – 1,000,000 marta yuklangan
  4. 4. Brightest LED Flashlight — Multi LED & SOS Mode – 76 ta ruxsat – 100,000 marta yuklangan
  5. 5. Fun Flashlight SOS mode & Multi LED – 76 ta ruxsat – 100,000 marta yuklangan
  6. 6. Super Flashlight LED & Morse code – 74 ta ruxsat – 1,000,000 marta yuklangan
  7. 7. FlashLight – Brightest Flash Light – 71 ta ruxsat – 1,000,000 marta yuklangan
  8. 8. Flashlight for Samsung – 70 ta ruxsat – 500,000 marta yuklangan
  9. 9. Flashlight – Brightest LED Light & Call Flash – 68 ta ruxsat – 1,000,000 marta yuklangan
  10. 10. Free Flashlight – Brightest LED, Call Screen – 68 ta ruxsat – 500,000 marta yuklangan

Aslida fonarik ilovasi o‘zining faoliyati uchun zarur funksiyalarga ruxsat olmasa bo‘lmaydi, masalan – smartfonning fotochaqnog‘idan foydalanadi. Ammo tunchiroq dasturlarining aksariyati chiroqni yoqishga kerak bo‘lmaydigan ma’lumotlarga kirish uchun ham ruxsat so‘rashi ma’lum bo‘ldi.

Demak, agarda siz ham shu kabi ilovalardan foydalanayotgan bo‘lsangiz, ular shaxsiy ma’lumotlaringizni olib, «kerakli joyga» yuborayotgan bo‘lishi ehtimoldan uzoq emas.

O‘QING: Nokia smartfonlari josuslik qilayotgan ekan – buni ishlab chiqaruvchi ham tan oldi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!