Smartfonlar bizni qanchalik o‘zgartirdi?

  •   Saroy
  •  1104
  •  18.06.2018 14:50

Smartfonlar bizni qanchalik o‘zgartirdi?

Smartfonlar hayotimizni, odatlarimizni, qulayliklar borasidagi tasavvurlarimizni o‘zgartirib yubordi. Internet, qo‘ng‘iroqlar, kamera, ovozli boshqarish va boshqa ko‘p dastyorlar bitta shu qurilmaga sig‘dirilgan. Endi esa, olimlar smartfon insonlarni qay darajada o‘zgartirib yuborganini o‘rganish poyida bo‘lishmoqda.

Smartfonlar esdaliklarimizni saqlashga o‘rgatdi

Zamonaviy smartfon kameralari professional fotoapparatlar bilan bemalol bellashadigan bo‘ldi. A’lo sifatli kartinkalar, olingan suratni joyida tozalash, tahrir qilish imkoniyati, e’lon qilish qulayligi — smartfonlarning asosiy ustunligiga aylandi. Endi shunchaki, yaxshi surat olish uchun o‘zimiz bilan besunaqay fotoapparatni olib yurmaymiz.

Smartfon orqali olingan sifatli rasm muhim lahzalarimizdan xotira bo‘lib qoladi

Telefon har doim qo‘limizda  — istalgan vaqtda rasmga olish imkniyati bor. Gadjet xotirasidagi minglab fotosuratlar va videoyozuvlar quvonchli damlarimiz, muhim sanalarimiz va yaqin kishilarimiz bilan uchrashuvlarimiz haqida o‘ziga xos qo‘lyozma bo‘lib qoldi. Avvalgidek katta-katta albomlar urfdan chiqib ulgurdi. Sayohatlaringiz yoki bayramlaringiz haqida onlayn rejimida ham hikoya qilib berishingiz mumkin. Xullas smartfon haqiqiy hayotingizni aksiga aylanyapti. 

Bularga yana qo‘shimcha ravishda gadjet juda zo‘r suratlar olish uchun yordamchi ham.  LG G7 ThinQ smartfoni, ongli funksiyalarga ega bo‘lib,  Vision AI texnologiyasi orqali ishlaydi va ob’yektni o‘zi aniqlaydi hamda yanada qulayroq suratga olish rejimini taklif etadi. Fotkayetmi, chizkeykmi va yoki kofemi? «Taom» rejimini qo‘shishingiz mumkin, chiroyli gullar bilan boyitishingiz mumkin  va aniqlikni yanada oshirishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqqa ajoyib manzara – moviy osmonni joylashingiz mumkin? Smartfon  HDR va moviy rang korreksiyasiga ega.

O‘QING: Uch kamerali – flagman hamda arzon, ammo Face ID tizimli iPhone’larning ilk suratlari chiqdi

Selfi tashqi ko‘rinishingizni baholashning yangicha usuliga aylandi. Shunchaki oynaga qarashning o‘zi endi kamlik qiladi, endi makiyajingizni yoki soch turmagingizni kamera orqali baholay olasiz: fotogenlik — insonning yangi tavsifiga aylandi. Bundan atigi 20 yilcha burun smartfonlar aloqa sifati bo‘yicha o‘zaro musobaqalashardi, endiesa kameralari sifati bilan musobaqalashmoqda. Agar professional bo‘lmasang,  fotoapparat sotib olish  bundan buyon ma’nisiz ishga aylanishini kim ham hayoliga keltiribdi, deysiz. Endi, kamera yordamida ish bilan bog‘liq masalalarni hal etasiz, taqdimotlarni, tovarlarni, ob’yektlar va shartnomalarni  saqlab qo‘yasiz.

O‘QING: Huawei P20 Pro: "Malika"dagi uch ko‘zli “dahshat"!

Smartfonlar bizni sifatli kartinalarga o‘rgatdi

Zamonaviy smartfonlar ekrani bizni sifatli tasvirlarga o‘rgatdi. Bugungi kunda yuqori formatda foto va videolar bilan ishlash, uni qayta ko‘rish, telefon displeyi bilan hujjatlarni o‘rganish oson. Ko‘zimiz ekrandagi yozuvlarni hatto qorong‘uda ham o‘qiy oladi, chunki displeyning haroratini va yorug‘ligini oson to‘g‘rilash mumkin. Shu nuqtai–nazardan olib qaraganda, smartfon muhim masalalarni hal etishning oson vositasiga aylandi.

Chipta buyurish, internetda ma’lumot qidirish, kitob mutoala qilish va boshqa ko‘plab yumushlar bitta  qurilmada  istalgan lahzada bajariladi.

Smartfon egasi sifatli rasmni ma’qul ko‘radi va bu ehtiyojini qondiradigan resursga murojaat qiladi. Shu sababli, foydalanuvchi sifatli videoni, yuqori aniqlik bilan olingan fotosuratni va qulay formatdagi kitobni qidiradi.

LG G7 ThinQ’ning yuqori yorug‘likga ega  displeyi  qurilmani to‘g‘ri quyosh nuri ostida ham foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, bu yerda rang uzatish, turli kontent ko‘rinishiga moslashadi, Bu juda qulay bo‘lib, ko‘z nurlaringizni bekorga qadashdan saqlaydi.

O‘QING: Brilliant displeyli smartfonlargacha oz qoldi!

Smartfonlar odamlarni ehtiyotkorlikka o‘rgatdi

Smartfonlar odamlarni ancha ehtiyotkor qilib qo‘ydi. Nozik displey, tushib ketganda tez sinadi, keyin uni almashtirish uchun ko‘p vaqt va pul kerak bo‘ladi. Telefonini ehtiyot qilish hissi odamlarga ularni g‘iloflarda olib yurishga majbur qilmoqda, bu esa qurilmalarning dezaynini sezilarli ravishda o‘zgartirdi.

2018 yilda chiqayotgan aksariyat qimmat smartfonlarning korpusi tirnalishlarga qarshi Gorilla Glass 5 oynasi bilan himoyalangan.  LG kompaniyasi  esa  bu borada yanada uzoqqa ketishdi. Ular LG G7 ThinQ’ni mustahkamlashning harbiy standarti bo‘lmish MIL-STD 810G bo‘yicha sinovdan o‘tkazdi. Endi korpusining mustahkamligi raqiblaridan ancha yuqori. Suvdan va changdan himoyalanishning  zamonaviy IP68  sertifikati ham bor. Himoyalanishning ushbu bosqichi, qurilmani o‘q o‘tmaydigan va bir yarim metr chuqurlikda yarim soatgacha suv ostida tura olishini ta’minlaydi.

Suv o‘tkazmaydigan smartfonlarning egalari yangi g‘alati odatlarini o‘zlashtirmoqdalar, ya’ni telefoni bilan hammomda chumiladilar. G‘ilofdan qutilgani va aloqada qolgan holda vanna qabul qilish imkoniyati, bu bizga flagmanlar taqdim etayotgan yangi voqelikdir.

O‘QING: Foydalanuvchini qanoatlantirgan smartfonlar reytingida Apple'ga o‘rin tegmadi

Smartfonlar bizga istalgan joyda, istalgan vaqtda musiqa eshitish imkoniyatini berdi

Smartfonlar bizni radiopriyomniklardan,  magnitofonlardan va pleyerlardan voz kechishimizga majbur qildi. Bundan buyon, yo‘ldami yoki boshqa joydami sevgan guruhingiz ijrosida qo‘shiq eshitish, yoki musiqiy kechalar uyushtirish uchun bitta telefonning o‘zi kifoya qiladi. Chunki zamonaviy servislar cheksiz miqdorda videokliplar ko‘rish, eshitish imkonini berdi va amalda butun boshli musiqa albomlari, audiokitoblar va tarmoqlarni bitta qurilmada olib yurishingiz mumkin.

Musiqani quloqchinlarda eshitish sifati professional texnikalarda eshitish sifati bilan  bilan bemalol tenglashishi mumkin.

Endi hammamiz uchun istalgan vaqtda yaxshi ovoz, yaxshi musiqa eshitish imkoniyat bor. Keyingi vaqtlarda pleyerlar savdosi tushib borayotgani ham hozir hech kimni ajablantirmay qo‘ydi. Qurilmaga dinamikni ulashingiz mumkin, undan  akustik tizim sifatida uyda ham, dachada ham, yo‘lda ham, tabiat qo‘ynida ham   foydalanishingiz mumkin. Tezkorlik, yonda olib yurish imkoniyati smartfonning yana bir imkoniyati sanaladi.

Ishlab chiqaruvchilar musiqani telefonning eng ustun tarafi qilib yasashmoqda, foydalanuvchilarga endi ko‘tarib yuradigan kolonka ham kerak emas.  Variantlar turlicha, bir kompaniya dinamikning kuchini oshirsa, boshqasi yana bir dinamikni qo‘shadi.  LG G7 ThinQ’da korpusdan musiqa ohangini uzatish uchun rezonator sifatida foydalanilmoqda. Masalan,  temir qapqoq (yoki korobka) ovoz kuchaytirgich, ovoz o‘tkazgich vazifasini o‘tamoqda. Shunga yarasha musiqa keng qamrovli va balandroq bo‘lmoqda.

O‘QING: LG kompaniyasi hozirgina G6'ning hamyonbop versiyasini taqdim qildi

Smartfonlar bizning shaxsiy yordamchimizga aylandi

Gadjetlarni ovoz yordamida boshqarish insoniyatning azaliy istagi bo‘lib kelayotgandi. Chunki bu, qo‘lni band qilmay, boshqa ishlarga  chalg‘itmaydi.   Yana bir ahamiyatli tomoni, shaxsiy yordamchingizga buyruq berish o‘zingizga ham yoqimli va qulay bo‘lsa kerak.

Zamonaviy qurilmalar o‘z sohibining ko‘plab  muammolarini hal qila oladi.

Suhbatni besh metrdan bilib olish xususiyati bilan, LG G7 ThinQ atrofdagi shovqinlardan o‘ziga kerakli ma’lumotni ajratib olish qobiliyatiga ega, shuningdek, kerakli raqamni teradi, musiqani qo‘ya oladi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt matnni identifikatsiya qila oladi, so‘rovga ko‘ra galereyadan kerakli rasmni qidira oladi, ob’yektlar haqida ma’lumotlar to‘playdi hamda voqealar taqvimini yuritadi.

O‘QING: LG G7 ThinQ taqdim qilindi: "sun’iy aqlli" musiqiy flagman

Endi bemalol raqamli yordamchingizga suyanishingiz va turli vazifalarni unga ishonib topshirishingiz mumkin. Mashina haydagan chog‘da, uyni yig‘ishtirayotgan chog‘da, yoki ishlayotgan chog‘ingizda xabarga javob berishingiz, haftalik rejangizni tuzish, hatto vasiyatingiz matnini aytib yozdirsangiz ham bo‘ladi.

Ha, barcha funksiyaga ega bo‘lgan smartfonlar hayotimizga kirib kelganiga qandaydir o‘n yilcha vaqt o‘tdi, biroq ularsiz hayotimizni tasavvur qilolmaydigan darajada ularga o‘rganib ulgurdik. Shunga qaramay, qurilmalar bundan keyin ham takomillashib borishdan to‘xtagani yo‘q, demak olam bilan bizning munosabatlarimiz kelgusida ham o‘zgaraveradi. 

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 2s: haqiqatga aylangan afsona