Smartfonlar bozoriga yangi "o'yinchi" kirib kelmoqda

Smartfonlar bozoriga yangi

2020-yilda OnePlus asoschilaridan biri Karl Pei kompaniyani tark etib o'zining yangi Nothing texno-kompaniyasini tashkil qildi. O'tgan yilning avgust oyida o'zining birinchi mahsuloti, ear (1) deb nomlanuvchi quloqchinlarini taqdim qilganidan keyin, yaqinda, kompaniya smartfonlar bozoriga ham kirishni rejalashtirayotgani va phone (1) nomli telefonini chiqarishi ma'lum bo'lgan edi.

Nothing phone (1) smartfoni tahminiy dizayni.
Muallif: Ben Geskin

Apple'ning iPhone smartfonlariga o'xshash bo'lishi aytilgan Nothing Phone 1 qurilmasi Android'ga asoslangan Nothing OS operatsion tizimida ishlaydi va uning Launcher'ini siz hoziroq Android telefoningizda sinab ko'rishingiz mumkin. Nothing rahbari Karl Pei so'zlariga qaraganda yangi smartfonining xuddi Nothing Ear 1 quloqchinlari kabi ichki qismlari ko'rinib turadigan shaffof dizaynga ega bo'ladi. Kompaniya rasman Qualcomm bilan hamkorlik qilinishi ma'lum qilgan va shunday ekan yangi mobil qurilma Snapdragon chipseti bilan ta'minlanadi.

Mish-mishlarga ko'ra, Nothing Phone 1 smartfoni joriy yilning iyul oyida taqdim qilinadi va 21-iyuldan 500 yevro (6 million so'mga yaqin) narxda sotuvga chiqariladi.

O'QING: Ortga nazar: uchta hatto to‘rtta SIM-karta uyasiga ega bo‘lgan noodatiy telefonlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!