Smartfonlar ekrani o‘rtasida chiqib qoladigan begona reklamalarni o‘chirish usuli

Smartfonlar ekrani o‘rtasida chiqib qoladigan begona reklamalarni o‘chirish usuli

Android telefonida internetni yoqishingiz bilan kutilmaganda ekranning o‘rtasida g‘alati reklamalar chiqishni boshlaydi. Bu pul ishlovchi reklama turlarining biri hisoblanadi. Ya’ni ushbu reklamalarni qaysi dasturdan chiqib kelayotganini bilmaysiz. Bu reklamalar esa Android sistemasiga o‘rnashib oladi va internet yonganidan ishga tushadi. Bu ilovalarni virus deb atasak ham bo‘ladi. Tabiiyki, ekran o‘rtasida chiquvchi reklamalar har qanday odamni ham g‘ashiga tegadi. Ushbu reklamaning tagini surishtiradigan bo‘lsak, telefoningizga qanday kelib qolganini o‘zingiz ham bilmaysiz. Bu ba’zi chet saytlardagi dasturiga yoki o‘yinlarning ichiga joylashtirilgan bo‘ladi.

Hullas, hozirdagi ekranning o‘rtasidagi to‘rtburchak ichidagi kichkina reklama ko‘plab telefonlarga tarqalib ketgan. Buning butunlay o‘chirib tashlab bo‘lmaydi. Lekin majburiy to‘xtatish orqali uni ishlamaydigan qilish mumkin.

O‘QING: Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!

Android telefoningizdan “nastroyki”ga kirasiz. So‘ng “dispetcher prilojeniya”ga kirasiz va “vse” bo‘limiga o‘tasiz. Ushbu bo‘limda Android telefoningizdagi barcha ilovalar va o‘yinlar turadi.

Endi shu “vse” bo‘limdan com.android.acore.loop degan programmani qidirib toping. Agar ushbu ilova mavjud bo‘lmasayu, lekin sizda reklama chiqadigan bo‘lsa, demak, u yana bir boshqa ilovadan chiqayotgan bo‘lishi mumkin.

Hullas, com.android.acore.loop’ga kirasiz. U yerda “udalit” ya’ni o‘chirishni imkoni yo‘q. Lekin to‘xtatish mumkin!

“Ochistit danniye”ga bosamiz. Bunda biz ushbu ilovadan internetdan yuklab olgan reklamalarini o‘chirib tashlagan bo‘lamiz.

Prinudit. ostanovit - Bunda biz ushbu ilovani majburiy to‘xtatib qo‘yamiz.

Shundan so‘ng telefonimizdagi g‘alati reklamalar umuman ko‘rinmaydi.

O‘QING: Telegram kanali nofaol obunachilardan qanday tozalanadi?